150-assambleya Yangi O‘zbekistonda parlamentarizmni rivojlantirishning xalqaro e’tirofidir
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov Vetnam Sotsialistik Respublikasi Milliy assambleyasi Raisi Chan Txan Man boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Muloqot avvalida keyingi yillarda siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston — Vetnam hamkorligi izchil rivojlanib borayotgani alohida qayd etildi.
Suhbat chog‘ida mehmonlarga Qonunchilik palatasining tarkibiy tuzilishi, uning qonun ijodkorligi yo‘nalishidagi faoliyati, palataning qo‘mitalari, komissiyalarining asosiy vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
O‘z navbatida, Chan Txan Man O‘zbekistonning dunyo hamjamiyati bilan samarali va ochiq tashqi siyosatini yuqori baholab, ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda muhim omil bo‘lgan parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash har tomonlama foydali ekanini qayd etdi.
Shuningdek, shu kunlarda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo Ittifoqning 150-assambleyasi nafaqat mamlakat uchun ijtimoiy-siyosiy, tarixiy voqea, balki Yangi O‘zbekistondagi ortga qaytmas islohotlar, ayniqsa, parlamentarizmni rivojlantirish borasidagi natijalarning xalqaro e’tirofi ekanini ta’kidladi.
— O‘zbekiston Vetnam uchun juda muhim mamlakat. Ikki davlat o‘rasidagi oliy darajadagi doimiy muloqotlar kelajakdagi keng qamrovli hamkorlik aloqalariga asos bo‘lmoqda. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan nufuzli xalqaro tadbirga katta delegatsiya bilan kelganimiz O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak hurmatimiz ifodasidir, —dedi Chan Txan Man.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Vetnam o‘rtasidagi munosabatlar, shu jumladan, parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Ushbu yo‘nalishdagi muloqotlarni ko‘paytirish, xalq diplomatiyasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish lozimligi qayd etildi.
M.Komilova, O‘zA
Парламентлараро Иттифоқ