2020 yilda hukumat samaradorligini baholash dasturi ishga tushiriladi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini oshirish” hukumatlararo dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) hamkorligida maqsadli 17 guruh tashkil etildi.
Ana shu tashabbus samarasi o‘laroq, O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi BAAga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ekspert guruhlarining ikki tomonlama uchrashuvlari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Davletov rahbarlik qilayotgan “Hukumat samaradorligi” (“Government quality”) guruhi 6-8 may kunlari amirlikdagi o‘z hamkasblari bilan qator amaliy sessiyalar o‘tkazdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Davlat xizmati masalalari bo‘yicha Federal idora faoliyati, xususan, davlat organlari va xususiy kompaniyalarida KPI tizimini joriy etish tajribasi bilan yaqindan tanishdi. Amaliy sessiyalar davomida, shuningdek, jamoat xavsizligi sohasidagi beshta tahdid – jiddiy jinoyatlar, yo‘l hodisalari, aholining ishonchlilik darajasi, fuqarolar xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi masalalari ko‘rib chiqildi. Ushbu tahdidlar Dubay Ichki ishlar vazirligining asosiy ko‘rsatkichlari sifatida belgilangan.
Uchrashuv yakunida “Hukumat samaradorligi” yo‘nalishi bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli istiqboldagi loyiha muhokama qilindi. Shu bilan birga, ishchi guruhlar tomonidan “Davlat xizmati” yo‘nalishi bo‘yicha qisqa va uzoq muddatga mo‘ljallangan qo‘shimcha loyiha ham ishlab chiqildi.
Bundan tashqari, joriy yilning iyul, sentabr va noyabr oylarida O‘zbekiston vakillari uchun davlat boshqaruvi sifatini oshirishga qaratilgan treninglar o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. 2020 yilda hukumat, uning bo‘linmalari, davlat organlari va ularning xodimlarini samaradorligini baholash dasturini to‘la ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
2021 yilda Amirlik mutaxassislarini jalb qilgan holda baholashning birinchi raundini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Uchrashuv so‘nggida “Davlat xizmati” yo‘nalishi bo‘yicha qisqa va uzoq muddatga mo‘ljallangan rejaning loyihasini amalga oshirish mexanizmlari kelishib olindi.