Abdulaziz Kamilov Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” 12-hamkorlik forumida ishtirok etish uchun Nur-Sulton shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib .

Vazirlar joriy yil 18-21-aprel kunlari Prezident Mun Chje Inning O‘zbekistonga davlat tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralari doirasida erishilgan ko‘p qirrali kelishuvlarni bajarishning borishini ko‘rib chiqdilar.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning o‘suvchan ahamiyati mamnuniyat bilan qayd etildi. 2019-yilning birinchi yarmida savdo aylanmasi hajmi 1,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilib, bu o‘tgan yilning ayni shu ko‘rsatgichidan 75% foizga ko‘proq.

Uchrashuvda qo‘shma investitsiya hamda ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishni davom ettirish mexanizmlari, “elektron hukumat”ni joriy etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi jabhalaridagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

O‘zA