Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Abdulaziz Kamilov Vashington shahrida AQSh Moliya vazirining texnik ko‘mak ko‘rsatish siyosati bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari bilan uchrashdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Abdulaziz Kamilov Vashington shahrida AQSh Moliya vazirining texnik ko‘mak ko‘rsatish siyosati bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya tashrifi doirasida 2019-yil 17-iyul kuni Vashington shahrida AQSh Moliya vazirining texnik ko‘mak ko‘rsatish siyosati bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Larri Makdonald bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.

Uchrashuv chog‘ida fiskal siyosatni takomillashtirish, davlat qarzi va investitsiyalarni boshqarish tizimi, kapital bozorini rivojlantirish hamda budjet jarayoni samaradorligini oshirish kabi yo‘nalishlardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Larri Makdonald boshchiligidagi AQSh G‘aznachiligi delegatsiyasi 2019-yil 11-17-iyun kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurib, mamlakatimizning tegishli idoralarida uchrashuvlar o‘tkazdi.

O‘zbekiston tashrif chog‘ida olgan taassurotlari to‘g‘risida so‘zlar ekan, AQSh G‘aznachiligining Texnik ko‘mak ko‘rsatish ofisi boshlig‘i quyidagilarni qayd etdi: “Menga birinchi bor O‘zbekistonga tashrif buyurish nasib qildi va men iqtisodiy islohotlarning yo‘nalishi va mamlakatning jadal taraqqiyotidan chuqur ta’sirlandim”.

Larri Makdonald ta’kidlashicha, Texnik ko‘mak ko‘rsatish ofisi 30 yildan ko‘proq vaqt davomida 50 dan ortiq davlat bilan hamkorlik qilib, ularning barqaror institutsional rivojlanishiga ko‘maklashmoqda. “O‘zbekiston iqtisodiy o‘zgarishlarning boshlang‘ish davridayoq hayratlanarli natijalarni qo‘lga kiritdi, bu esa keyingi qadamlarning samarador bo‘lishiga ishonch uyg‘otadi” – dedi ekspert.

G‘aznachilik vakilining fikricha, ushbu holat nafaqat AQSh G‘aznachiligining Texnik ko‘mak ko‘rsatish ofisi jamoasiga, balki potensial xorijiy investorlar va O‘zbekistonning biznes sheriklariga ham ko‘tarinki kayfiyat berdi.

Moliyachining so‘zlariga ko‘ra, qonunlarni qabul qilish va muayyan sektorda tartibga solishni belgilash amaliyoti islohotlar jarayoning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu o‘rinda Larri Makdonald ushbu jarayonga samaradorlik berish uchun tadbiq etish masalalarining o‘ta muhimligi to‘g‘risidagi fikrni qo‘llab quvvatladi.

G‘aznachilik vakili barqaror natijalarga samarali erishish uchun uzoq muddatli sheriklik o‘rnatish zarurligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va AQSh G‘aznachilik departamenti o‘rtasida Moliya sohasida texnik hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Hujjat korporativ va davlat qimmatli qog‘ozlari uchun mahalliy kapital bozorini rivojlantirish, obligatsiyalar portfelini boshqarish, davlat-xususiy sherikchiligi loyihalarigi davlat kafolatlarini berish, makroiqtisodiy va soliq risklarini oldindan aytish, budjetni rejalashtirish va soliq majburiyatlariga rioya qilish, bank ishi, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish va boshqa shu kabi sohalarda moliyaviy salohiyatni kengaytirish dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha tomonlar hamkorligini nazarda tutadi.

Hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini amalga oshirish uchun texnik vazifalar va o‘zaro hamkorlik rejalarini ishlab chiqish maqsadida AQSh G‘aznachiligi maqsadli guruhlarining O‘zbekistonga qator tashriflarini yaqin kunlarda tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

O‘zbekistonning Vashington shahridagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, hamkorlikning ko‘rsatilgan rejalari kelishilganidan so‘ng AQSh G‘aznachiligi o‘zining uch nafar maslahatchilarini Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish agentligiga uzoq muddatga (1 yildan 3 yilgacha) tayinlash hamda AQShning boshqa ixtisoslashgan idoralari ekspertlarini jalb qilishni ko‘zlamoqda.

TOSHKENT, 19 iyul. /«Dunyo» AA/.