Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ABDULAZIZ KAMILOV YEVROPA ITTIFOQI MAXSUS VAKILI BILAN UCHRASHDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ABDULAZIZ KAMILOV YEVROPA ITTIFOQI MAXSUS VAKILI BILAN UCHRASHDI

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 24-25-oktabr kunlari Nukus shahrida bo‘lib o‘tadigan “Orolbo‘yi – ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi” xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burianni qabul qildi, deb xabar qilmoqda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.

Suhbatda qayd etilganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarildi va tomonlar hamkorlikni kengaytirish ustida ishlashga tayyor.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar Yevropa biznes vakillarini mamlakatimizda yanada kengroq faoliyat yuritishi uchun qulay imkoniyatlar ochmoqda.

Bu va boshqa dolzarb masalalar O‘zbekiston nufuzli delegatsiyasining 11-13-noyabr kuni Brussel shahriga tashrifi va “O‘zbekiston - YI” hamkorlik Kengashining navbatdagi yig‘ilishi mobaynida muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.

Uchrashuvda BMT shafeligida Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondini tashkil qilish yuzasidan O‘zbekistonning tashabbusi yevropalik sheriklar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani uchun minnatdorchilik bildirildi.

Xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Shu kuni Maxsus vakil Piter Burian O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev bilan ham uchrashdi.

Afg‘oniston yo‘nalishi bo‘yicha, jumladan iqtisodiy va ta’limga doir qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralarda Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi Rahbari, Elchi Eduards Stiprays ishtirok etdi.

“Dunyo”