Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Adliya vaziri: “Xodimlarimiz qoʻlini koʻksiga qoʻyib xizmat qilishi shart”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Adliya vaziri: “Xodimlarimiz qoʻlini koʻksiga qoʻyib xizmat qilishi shart”

Ayni paytda joylarda 200 adliya boʻlimi faoliyat yuritmoqda. Xoʻsh, bu boʻlimlar ishidan aholi rozimi?

Adliya vazirligida aynan shu masalaga bagʻishlangan majlisda adliya boʻlimlari faoliyati tahlil etildi.

Videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan majlisda vazirlik markaziy apparati, Koraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari rahbarlari, tumanlar va shaharlar adliya boʻlimlari xodimlari ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, “Respublika – viloyat – tuman – mahalla” prinsipi boʻyicha qonun hujjatlari ijrochilarga vaqtida yetkazilmoqda. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, huquqni qoʻllashda bir xil amaliyotni joriy qilish hamda hokimlarning qarorlarini qonun hujjatlariga muvofiq boʻlishi taʼminlanayotir.

Adliya boʻlimlari uchun alohida binolar ajratilib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlandi. Adliya boʻlimlarining ishini toʻgʻri tashkil etish hamda yagona amaliyotni shakllantirish maqsadida yoʻriqnoma, yangi ishni boshlash boʻyicha qoʻllanmalar va hujjatlar namunalari ishlab chiqilib, xodimlarga yetkazildi. Aholiga sifatli xizmat koʻrsatayotgan, har tomonlama oʻrnak boʻlgan tuman adliya boʻlimlariga 70 xizmat avtomashinasi topshirildi.

Oʻz navbatida, adliya boshqarmalari va boʻlimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, xodimlarning bilimi, salohiyati, qoʻyilgan vazifalarning mohiyatini tushunganligi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligi oʻrganib borilmoqda.

Yigʻilishda oʻrganish natijalari, adliya boʻlimlari amalga oshirayotgan samarali ishlar bilan bir qatorda ular faoliyatidagi mavjud kamchiliklar koʻrsatib oʻtildi.

Jumladan, Surxondaryo viloyatining Denov, Toshkent viloyatining Boʻstonliq, Andijon viloyatining Marhamat, Toshkent shahrining Bektemir tumani adliya boʻlimlari qisqa vaqt ichida ijobiy natijalarga erishgan.

Faoliyatida qoʻpol xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyib kelayotgan boʻlimlar jiddiy tanqid qilindi. Kamchiliklarga yoʻl qoʻygan, ishiga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan 28 nafar adliya boʻlimlarining xodimi (shundan 15 nafari tuman adliya boʻlimlari boshliqlari) lavozimidan ozod etildi.

Adliya boshqarmalari tomonidan yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlashga hamda adliya boʻlimlarining ish faoliyatini toʻgʻri tashkil etishga, faoliyatini muvofiqlashtirib, ularga uslubiy rahbarlik qilishga masʼuliyatsizlik bilan qaralayotganligi, baʼzi hududlarda adliya boʻlimlarining faoliyati oʻz holiga tashlab qoʻyilganligi koʻrsatib oʻtildi.

Faoliyatida kamchiliklarga yoʻl qoʻyganligi uchun hududiy adliya boshqarmalarining 25 nafar xodimiga hayfsan eʼlon qilindi. 29 nafar xodim ogohlantirildi.

Yigʻilishda belgilangan vazifa va topshiriqlarni har bir xodim, vazirdan tortib tizimdagi oddiy xodimgacha masʼuliyatni chuqur his qilishi lozimligi, bunda hech kim, na rahbar yoki oddiy xodim chetdan turib kuzatib turishga haqqi yoʻqligi, bunga yoʻl qoʻyilmasligi, yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni vijdonan bajarishi shartligi alohida taʼkidlandi.

Adliya vaziri R.Davletov har bir adliya xodimi ish faoliyatida “fuqarolar adliya idoralari faoliyatidan rozi boʻlishi kerak” degan tamoyilga qatʼiy va ogʻishmay amal qilishi shartligi, adliya xodimlari xalqimiz oldida doim qoʻli koʻksida boʻlib xizmat qilishi lozimligini alohida qayd etdi. Zero, har bir davlat xizmatchisi har kuni oʻzining mehnati bilan egallab turgan lavozimiga loyiqligini isbotlashi bugun qoʻyilayotgan talablardan biridir.

Yigʻilish yakunida uchrayotgan kamchiliklarni bartaraf etishga oid zarur chora-tadbirlar belgilandi.

www.mfa.uz