ADLIYA VAZIRLIGI HAY’ATINING 2015- YILNING 1-CHORAK YAKUNLARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’atining 2015-yilning 1-chorak yakunlariga bag’ishlangan Hay’at majlisi o’tkazildi, deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Adliya vaziri M.Ikramov ta’kidlaganidek, hisobot davrida qonun ijodkorligi va huquqni qo’llash yo’nalishida bir qator e’tiborga loyiq tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, faoliyatga doir 22 ta normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan 6 ta qonun loyihalari ishlab chiqildi. 1020 ta qonun hujjatlari loyihalari va 72 ta xalqaro shartnoma loyihalari huquqiy ekspertizadan o’tkazildi. 97 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat ro’yxatiga olindi.
O’rganishlarda 98 mingdan ortiq qonun buzilishi holatlari aniqlanib, davlat organlarining 289 ta noqonuniy qarorlari bekor qilindi.
Sudlarga kiritilgan 19,7 milliard so’mdan ortiq qiymatdagi da’vo arizalar qanoatlantirildi.
Yuridik xizmat xodimlarining malakasini oshirish ishlari o’tgan yilga nisbatan qariyb 4 baravarga oshdi.
“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi bo’yicha 8 ta normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan 1 ta qonun loyihalari huquqiy ekspertizadan o’tkazildi.
Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan “Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to’g’risidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash to’g’risida”gi hamda “Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarorlari qabul qilindi.
Adliya organlari va muassasalari faoliyatini yaxshilash, shu jumladan Toshkent davlat yuridik universitetida o’qitish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqildi.
Shuningdek, majlisda Interaktiv davlat xizmatlarini ko’rsatish sohasidagi faoliyat xususida suz yuritilar ekan axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo’yicha olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Jumladan, Yagona portalda davlat notarial idoralari va FHDYO organlari tomonidan ko’rsatiladigan huquqiy xizmatlar ro’yxati, ushbu xizmatlar uchun to’lanadigan pul mablag’i miqdori, bo’sh ish o’rinlari to’g’risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.
Bugungi kunda, vazirlik tomonidan “FHDYO” axborot tizimi, “Adliya - 1”, “Adliya - 2” axborot tizimlari kompleksi loyihalari ustida ish olib borilmokda .
Umuman, qonun ijodkorligi, huquqiy yordam ko’rsatish, sud-ijro ishlari, tadbirkorlik, shartnomaviy va xalqaro-huquqiy munosabatlar, inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta’lim yo’nalishida amalga oshirilgan ishlar samarasi salmoqli bo’lmoqda.
Majlisda qilingan ishlar bilan bir qatorda tizimdagi ayrim adliya organlari va muassasalari faoliyatida yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarga asosiy e’tibor qaratildi. Xususan, ijro intizomi, o’tkazilayotgan tadbirlar monitoringi, o’rganishlardagi qonunchilik talablari, murojaatlarni ko’rib chiqishdagi kamchiliklar aniq misollarda ko’rsatib o’tildi. Ular yuzasidan mas’ul rahbarlarning axborotlari tinglandi.
Aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarga yo’l qo’ymaslik alohida ta’kidlandi. Bunda har bir tarmoq rahbarlari va mas’ul xodimlarning falligini oshirish, mas’uliyatini kuchaytirish zarurligiga urg’u berildi.
Muhokama etilgan barcha masalalar bo’yicha hay’atning tegishli qarori qabul qilindi.
“Jahon” AA