Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ADOLAT – DAVLATNING ASOSI VA HUKMDORLAR SHIORIDIR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ADOLAT – DAVLATNING ASOSI VA HUKMDORLAR SHIORIDIR

Buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temur shaxsi, uning boy ma’naviy merosi, faoliyati, dunyo sivilizatsiyasidagi o‘rni va ahamiyati nainki mamlakatimiz, balki butun dunyoda olimlar tomonidan hamon katta qiziqish va e’tibor bilan o‘rganilmoqda.

Benazir davlat va jamoat arbobi, mohir sarkarda tavalludining 683 yilligi munosabati tashkil etilayotgan tadbirlarda bu jihatlar yana bir karra o‘zining yaqqol ifodasini topmoqda.

Poytaxtimizdagi Amir Temur nomi bilan ataluvchi xiyobon 9 aprel – Sohibqiron bobomiz tavallud topgan kuni erta tongdanoq har qachongidan ham gavjum bo‘ldi. Bu yerda senatorlar, deputatlar, olimlar, yozuvchi va shoirlar, san’at va madaniyat namoyandalari, o‘qituvchilar, ma’naviyat targ‘ibоtchilari, talaba-yoshlar, keng jamoatchilik, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan milliy madaniyat markazlari, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari to‘plandilar. Shu yerning o‘zida Temur va temuriylar tarixi, ularning bebaho merosiga oid kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori Xurshid Fayziev, Fransiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Violen de Vilmor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining tarixiy hujjatlar tadqiqoti bo‘limi boshlig‘i, yetakchi ilmiy xodim Sanjar G‘ulomov va boshqalar Sohibqiron Amir Temur va temuriylarning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni ulkan ekanini ta’kidladi.

Xalqimizning boy o‘tmishi, buyuk bunyodkorlik salohiyatining yorqin ko‘zgusi bo‘lgan Temuriylar tarixi davlat muzeyi bugungi kunda nainki hamyurtlarimiz, balki xorijiy mehmonlar katta hurmat va ehtirom bilan qadam qo‘yadigan tabarruk maskanga aylangan. Sohibqiron bobomiz va uning avlodlari tarixiga oid manbalar mazkur muzey, Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi, Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, ko‘plab ilmiy-ma’rifiy markazlar, oliy o‘quv dargohlari, ijodiy-ma’rifiy tashkilotlar tomonidan mukammal o‘rganilmoqda. Tarixchi, manbashunos olimlarimiz olib borayotgan tadqiqotlar tizimli tarzda nashr etilib, xalqimizga taqdim etilmoqda.

Prezidentimizning mamlakat boshqaruvida adolatga tayanish, fuqarolarning manfaatlarini ta’minlash, aholining turli qatlamlari, ayniqsa, zaiflarni kuchli ijtimoiy himoyalash, jamiyatda mehr-muruvvat, saxovat, oqibat, bag‘rikenglik g‘oyalarini mustahkamlash, yosh avdlodni ajdodlarimizga munosib va barkamol shaxs etib tarbiyalashga oid ko‘plab tashabbuslari Sohibqiron bobomizning umri davomida amal qilgan, o‘zining hayot shioriga aylantirgan tamoyillarga, uning ezgu da’vatlariga hamohangdir. Hozirgi kunda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan "Temurbeklar maktabi" yoshlarga azmu shijoat, yurtparvarlik, Vatan taqdiriga daxldorlikdan saboq bermoqda.

– Men uchun bunday tantanada qatnashish ulkan sharafdir, – deydi Fransiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Violen de Vilmor xonim. – Amir Temur o‘n uchinchi asrdayoq davlatchilik asoslarini mustahkamlashda xalqaro aloqalarning muhimligini teran anglagan. O‘sha davrda Fransiya qiroli Karl VI ga noma yuborgani buning yorqin isbоtidir. Fransiyada atoqli olim Lyusen Keren tomonidan temuriylar davri tarixi va san’atini o‘rganishga oid assotsiatsiya tashkil etilganiga o‘ttiz yil to‘ldi. Temur va temuriylar davri Fransiyada katta qiziqish bilan o‘rganilayotganidan g‘oyat mamnunman.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo bugungi kunda Sohibqiron ulug‘lagan g‘oyalar yurtimizda kechayotgan islohotlarga uyg‘un ekanini ta’kidlab, o‘zining "Sohibqiron yog‘dusi" asaridan parcha o‘qib berdi. Filologiya fanlari doktori, tarjimon Bahodir Ermatovning G‘arbiy Yevropa xalqlari adabiyoti tarixida Amir Temur haqida yaratilgan asarlarni tahlil qilish va ularda Sohibqiron siymosining talqin etilishiga oid ma’ruzasi tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Temur avlodi ekanini isbоtlab, o‘z mahoratlarini namoyish etdi.

Amir Temur haykali poyiga gullar qo‘yildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi X.Sultonov ishtirok etdi.

* * *

Shu kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida "Amir Temur va temuriylar davlatida xalq diplomatiyasining ahamiyati" mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bobokalonimiz tavallud ayyomiga bag‘ishlangan tadbirlar, uchrashuv va anjumanlar, davra suhbatlari yurtimiz bo‘ylab davom etmoqda.

WWW.UZA.UZ