Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Advokatlar tajriba almashdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Advokatlar tajriba almashdi

Samarqandda “Advokaturaning dolzarb masalalari: milliy va xalqaro tajriba” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Germaniyaning xalqaro huquqiy hamkorlik jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Advokatlar palatasi a’zolari, hududiy advokatlik idoralari vakillari qatnashdi.

Anjumanda bugungi kunda dunyo miqyosida inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda advokatura institutining o‘rni va roli tobora oshib borayotgani ta’kidlandi. Bu boradagi milliy qonunchilik xalqaro standartlardan kelib chiqib, takomillashtirilmoqda.

– Konstitutsiyamizning 116-moddasida fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatishi belgilab qo‘yilgan, – deydi O‘zbekiston Advokatlar palatasi raisi Ravshan Ahmedov. – Bu qoida va boshqa tartiblar O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida” hamda “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonunlarida mustahkamlangan. Mamlakatimiz sud-huquq tizimini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida mazkur qonunlar va sohaga oid boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlar yanada takomillashtirilmoqda. Bunda ayniqsa, Prezidentimizning 2008-yil 1-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida Advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur farmonda belgilangan vazifalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi tashkil etildi. Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida palataning hududiy boshqarmalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Seminarda 2008-yil 31-dekabrda qabul qilingan “Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining ahamiyati haqida ham so‘z yuritildi.

Tadbirda ishtirok etgan Germaniya Federativ Respublikasi Adliya va iste’molchilar huquqini himoya qilish federal vazirligi fuqarolik protsessual huquqi bo‘limi xodimi, sudya Yorg Baak, Brandenburg federal yeri advokatlar palatasi prezidenti Frank Engelmann O‘zbekistonda avdokatura institutini rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarni yuqori baholab, Germaniyada advokatlik faoliyatining huquqiy asoslari, boshqaruv tizimi, soha uchun huquqshunos kadrlar tayyorlash haqida so‘zlab berdi.

Seminar davomida yurtimiz advokatlari germaniyalik hamkasblari bilan o‘zaro tajriba almashib, jinoyat va fuqarolik ishlarida advokatlarning ishtiroki masalalari yuzasidan mahorat mashg‘ulotlarida qatnashdilar. Shuningdek, Samarqand viloyatidagi ayrim advokatlik idoralari va sudlar faoliyati bilan ham tanishdilar.

www.uza.uz