Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

AKMAL SAIDOV YAPONIYA ELCHISI BILAN UCHRASHDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
AKMAL SAIDOV YAPONIYA ELCHISI BILAN UCHRASHDI

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Yoshinori Fujiyama bilan uchrashdi.

Tomonlar ushbu uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Yaponiyaga tashrifiga tayyorgarlik davrida o‘tkazilayotganiga e’tibor qaratdilar. O‘zbekiston va Yaponiya barcha sohalarda hamkorlikni izchil rivojlantirishga intilayotgani qayd etildi.

Bugungi kunda Yaponiya kompaniyalarining investitsiyalarini O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etish, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va turizm sohalarida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar o‘z samaralarini bermoqda. Har ikki davlat o‘zaro hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

Ma’lumki, joriy yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 27 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan Markaz Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda konstitutsiyashunoslik bo‘yicha o‘zbek-yapon yuridik forumini tashkil etmoqda. Janob Yo.Fujiyama bo‘lajak anjumanga katta qiziqish bildirdi.

Markaz tashabbusi asosida Yaponiya Konstitutsiyasini yapon va o‘zbek tillarida nashr etish loyihasi ham yapon elchisining diqqatini tortdi. Ayni vaqtda Yaponiya Konstitutsiyasi o‘zbek tiliga tarjima qilingan, unga qisqacha izohli lug‘at va so‘ngso‘z matnlari ham tayyorlangan.

Tomonlar, shuningdek, atoqli yapon olimi va jamoat arbobi, O‘zbekistonning “Do‘stlik” ordeni sohibi Kato Kyudzo xotirasiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – yapon qalbida” rangli-bezakli kitobi nashri haqida fikr almashdilar.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, inson huquqlari, ta’lim va madaniyat sohalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

WWW.UZA.UZ