“AL-VATAN” VA “ARAB TIMES” GAZETALARI QUVAYT MILLIY MAJLISINING O’ZBEKISTONGA TASHRIFI HAQIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Al-Vatan” va “Arab times” gazetalari sahifasida Quvayt parlamenti delegatsiyasining O’zbekistonga tashrifi haqida maqolalar chop etildi.
Quvayt OAVda bosilib chiqqan metariallarda joriy yilning 27-28-aprel kunlari Parlamentlararo do’stlik guruhi raisi Soud al-Xorijiy rahbarligidagi Quvayt Milliy Majlisi delegatsiyasining O’zbekistonga tashrifi buyurgani hamda O’zbekiston Repsublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi va Senati, Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama uchrashuv o’tkazgani bayon qilinadi.
“Bo’lib o’tgan muzokaralar chog’ida turli sohalarda ikki davlat o’rtasidagi o’zaro manfaatli hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi”, - ta’kidlanadi materialda.
Shuningdek, delegatsiya rahbari Quvayt Milliy Majlisi spikerining Quvaytga rasmiy tashrif haqidagi taklifnomasini Oliy Majlis spikeri va Senat raisiga topshirdi, deya xabar beriladi “Al-Vatan” va “Arab times” gazetalarida.
“Jahon” AA, El-Quvayt