Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ALISHER QODIROV: MAQSADIMIZ – JONAJON O‘ZBEKISTONIMIZ TARAQQIYOTI VA YUKSALISHIGA MUNOSIB VA SAMARALI HISSA QO‘SHISHDIR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ALISHER QODIROV: MAQSADIMIZ – JONAJON O‘ZBEKISTONIMIZ TARAQQIYOTI VA YUKSALISHIGA MUNOSIB VA SAMARALI HISSA QO‘SHISHDIR

TOShKENT, 18-noyabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyorgarlik qizg‘in tusga kirdi. Parlament saylovida qatnashayotgan siyosiy partiyalarning har biri ko‘proq elektorat e’tiborini qozonish maqsadida o‘z dasturini ilgari surmoqda.

"Dunyo" axborot agentligi muxbiri Zamira Azizxonova "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirovdan eksklyuziv intervyu oldi.

Avvalgi saylovlar va joriy yil dekabr oyida o‘tkaziladigan parlament saylovi o‘rtasida juda katta farq bor, - deydi u. - Bu yilgi saylovning o‘ziga xosligi shundan iboratki, O‘zbekistonda tubdan o‘zgarayotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy muhitni bevosita ajralmas qismi sifatida fuqarolarni huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, ularning eng muhim huquqlaridan biri bo‘lgan saylov huquqidan to‘laligicha foydalanish uchun imkoniyat yaratilganini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Mamlakatimizda barcha saylov jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan qonunchilik hujjatlarini umumlashtirgan holatda yangi Saylov kodeksi qabul qilindi va ushbu hujjatda nufuzli xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari inobatga olindi.

Bugun O‘zbekistonda siyosiy partiyalarning faoliyati jonlangani e’tirof etilmoqda. Har bir partiya orasida ochiq raqobat mavjudligi, ularning maqsad va vazifalari bir-biridan farq qilayotgani, ko‘p fikrlik yuzaga kelganining guvohi bo‘lmoqdamiz. Avvalgi saylovlarda partiya tomonidan ko‘p deputatlik o‘rni olishning imtiyozli xususiyatlaridan biri Bosh vazir nomzodini taqdim qilish huquqi bo‘lgan bo‘lsa, bugun parlamentda ko‘p ovozga ega siyosiy partiya yangi qonunlar qabul qilish jarayoni, vazirlar nomzodlarini tasdiqlashda ham muhim mavqega ega bo‘ladi. Shu vakolat, shu imkoniyatlardan to‘liq foydalanish orqali siyosiy partiyalar o‘zlarini dasturida ko‘rsatilgan muhim vazifalarni amalga oshirishga intilayotganini yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

Partiyalar o‘z dasturlarida jamiyat hayotida katta o‘zgarishlarga erishishni maqsad qilmoqda. Shu ma’noda, “Milliy tiklanish” partiyasi ta’lim sohasining barcha bo‘g‘inlarida tub islohotlarni amalga oshirishni ko‘zlamoqda. Bizning shior insonni, uning dunyoqarashini o‘zgartirish orqali jamiyatni o‘zgartirishga erishish. Bugungi kunda turli mafkuraviy muammolar, inson inqirozi yoki iqtisodiy rivojlanishdagi inson kapitalining kamligi kabi muammolarni tahlil qiladigan bo‘lsak, ularning zamirida tarbiyaning yetarli shakllanmaganligi turibdi, deb hisoblaymiz. Bizning mazkur saylov jarayonida faol qatnashib, parlamentda ko‘p o‘rinni olishga bo‘lgan intilishimiz aynan shu maqsadlar bilan bog‘liq.

Parlamentda ko‘p o‘ringa ega bo‘lgach, Bosh vazir nomzodini kiritish, vazirliklarning turli sohalardagi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash orqali xalqimizga xizmat qilishni maqsad qilganmiz.

Biz jamiyatni o‘zgartirishga insonni o‘zgartirish orqali erishish mumkinligiga ishonamiz. Xalqimizning uzoq tarixga ega, ma’naviy-madaniy, aytish mumkinki, hatto iqtisodiy nuqtai nazardan sinovlardan o‘tgan qadriyatlari bor. Ushbu qadriyatlar yangi O‘zbekiston jamiyatini shakllantirishga xizmat qilishiga ishonamiz.

Partiyamiz tomonidan barcha saylov okruglari bo‘yicha deputatlikka nomzodlar ko‘rsatdik. Ularning har birini ushbu okruglarda yaxshi biladi, taniydi.

Milliy qadriyatlarni hurmat qiladigan, Vatanni sevadigan, milliy g‘ururga ega bo‘lgan yoshlarning barchasi partiyamiz targ‘ib qilayotgan g‘oyalar atrofida jipslashishiga, “Milliy tiklanish”ga a’zo bo‘lishiga umid qilamiz. Mamlakatimizning turli hududlarida o‘tkazayotgan tadbirlar chog‘ida shuni kuzatdikki, yoshlarimiz o‘zlarini Vatanimizning haqiqiy ma’nodagi fidoyilari, deb hisoblaydi va bu bilan faxrlanadi.

Maqsadimiz - saylovda g‘olib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida eng ko‘p deputatlik o‘rniga ega bo‘lgan partiya, o‘z so‘zi, maqsadi va ovoziga ega bo‘lgan fraksiya sifatida jonajon O‘zbekistonimiz taraqqiyoti va yuksalishiga munosib va samarali hissa qo‘shishdir.

“Dunyo” AA