Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ALOQA BOʻYICHA HARBIY MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING KENG KOʻLAMLI TIZIMI YARATILADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ALOQA BOʻYICHA HARBIY MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING KENG KOʻLAMLI TIZIMI YARATILADI

Oʻzbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismda boʻldi.

Prezidentimiz 2019-yil iyul oyida bergan topshiriqqa muvofiq Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda harbiy qism qayta tashkil etilib, zamonaviy harbiy shaharcha bunyod etildi.

Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qoʻmondoni bu yerda yaratilgan sharoitlar, oʻquv-tarbiya jarayoni, zamonaviy oʻqitish vositalari, shuningdek, oʻquv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qay darajada joriy etilgani bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbarining 2019-yil 17-yanvardagi qaroriga asosan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etilgan.

Mazkur harbiy institutda oltita yoʻnalish boʻyicha ofitser kadrlar tayyorlanadi. Oʻnta kafedra va malaka oshirish fakulteti faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Mavjud laboratoriyalar eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. 700 oʻrinli oshxona, sportning 14 turi bilan shugʻullanish imkoniyati boʻlgan yopiq sport zali bor. Bu yerga kursantlar texnik yoʻnalishdagi oliy oʻquv yurtlarining eng iqtidorli talabalari orasidan saralab olinadi.

Tashrif chogʻida harbiy xizmatchilar, vazirlik va idoralar, Fanlar akademiyasi rahbariyati, texnika yoʻnalishidagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektorlari bilan suhbat boʻlib oʻtdi. Unda harbiy taʼlimni rivojlantirish, harbiy aloqa mutaxassislarini saralash va tayyorlash boʻyicha keng tizimni yoʻlga qoʻyish borasida oʻzaro hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan navbatdagi choralar belgilab olindi.

Bugungi axborot asrida tezkor xabar almashuv, ayniqsa, harbiylar uchun gʻoyat muhim ahamiyatga egaligi, bu tizimni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlash, aloqa xavfsizligini chuqur egallagan mutaxassislar tayyorlash ishlarini doimiy shakllantirib borish zarurligi taʼkidlandi.

Bugun aloqa sohasini rivojlantirish boʻyicha bir yil oldin boshlagan ishlarimizning ilk natijalarini koʻrib turibmiz,- dedi davlatimiz rahbari.- Aloqa boʻyicha birinchi institutimiz tashkil etildi. Soha boʻyicha harbiy qism bilan bir joyda joylashgani kursantlarning nazariy mashgʻulotlarni amaliyot bilan uygʻun oʻtkazishida qoʻl keladi. Endi eʼtiborni sifatga qaratishimiz lozim.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbariga harbiy qismda amalga oshirilgan qurilish ishlari, mudofaa tizimida aloqa tarmoqlarini modernizatsiya qilish, jangovar va oʻquv tayyorgarlik jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha loyihalar toʻgʻrisida maʼlumot berildi, harbiy qism foydalanishida boʻlgan maxsus texnika va aloqa vositalarining namunalari namoyish etildi.

Harbiylarning yashash sharoitini yaxshilash, ularni uy-joy bilan taʼminlash ishlarini yanada jadallashtirish zarurligi qayd etildi. Buning uchun joylarda tashkil etilgan harbiy-maʼmuriy sektorlar faoliyatini takomillashtirish lozimligi taʼkidlandi.

UZA.UZ