AQSH DAVLAT KOTIBI O‘RINBOSARI BILAN UCHRASHUV
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
2016-yilning 22-sentabr kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon bilan uchrashdi.
Vazir Birinchi Prezident I.A.Karimovning vafoti munosabati bilan AQSh Prezidenti Barak Obama tomonidan bildirilgan hamdardlik uchun O‘zbekiston rahbariyati nomidan AQSh tomoniga minnatdorchilik bildirdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-AQSh kun tartibining dolzarb masalalari va munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda ba’zi xalqaro va mintaqaviy muammolar ham muhokama qilindi.