AQSHNING ALOHIDA TOPSHIRIQLAR BO‘YICHA ELCHISI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2016-yilning 21-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasi ishida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov diniy erkinlik sohasida AQShning alohida topshiriqlar bo‘yicha Elchisi Devid Sapershteyn bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida diniy erkinlikni ta’minlash sohasidagi hamkorlikka doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda tomonlar konstruktiv va o‘zaro hamjihatlik ruhida muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.