Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BAA VA YAPONIYA BILAN HAMKORLIKDAGI LOYIHALARNING AMALGA OSHIRILISH HOLATI MUHOKAMA QILINDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BAA VA YAPONIYA BILAN HAMKORLIKDAGI LOYIHALARNING AMALGA OSHIRILISH HOLATI MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari va Yaponiyaga oliy darajadagi tashriflar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

BAA va Yaponiya – ulkan investision imkoniyatlarga ega, jadal rivojlanish, modernizasiya va ilg‘or texnologiyalarni samarali joriy qilishda, diversifikasiyalashgan va barqaror iqtisodiyotni shakllantirishga xizmat qiladigan keng miqyosli investisiya loyihalarini amalga oshirishda katta tajribaga ega mamlakatlar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24-26 mart kunlari BAAga va 17-20 dekabr’ kunlari Yaponiyaga amalga oshirgan rasmiy tashriflari ikki tomonlama hamkorliklar tarixida yangi sahifalar ochdi.

BAA va Yaponiyadagi sheriklar bilan do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tgan samarali muzokara va tadbirlar oliy darajadagi muloqot yanada qo‘llab-quvvatlanishining muhimligi, bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlashda hal qiluvchi omil ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Tashriflar yakunida hukumatlararo va idoralararo salmoqli hujjatlar to‘plami, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investision bitimlar imzolandi. Xususan, Birlashgan Arab Amirliklari bilan umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq, Yaponiya bilan esa 6 milliard dollardan ziyod qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Jumladan, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, neft’-gaz, kimyo va neft’-kimyo, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, turizm va boshqa sohalarda qator loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilishda BAA kompaniyalari bilan erishilgan kelishuvlar bugun o‘z natijasini berayotgani ta’kidlandi. Masalan, “Masdar” kompaniyasi O‘zbekistonda quyosh elektr stansiyasi qurilishiga 100 million dollar sarmoya kiritmoqda. 2019 yil oktyabr’ oyida quyosh energetikasida davlat-xususiy sheriklikka investisiyalar jalb qilish bo‘yicha yurtimiz tarixida ilk bor o‘tkazilgan ochiq tenderda ushbu kompaniya g‘olib deb topildi. Qurilish ishlari 2020 yilning birinchi choragida boshlanishi kutilmoqda.

Bunday ijobiy natijalar BAA hamda Yaponiya ishtirokidagi boshqa ko‘plab loyihalarda ham kuzatilmoqda.

Xususan, BAA ishtirokida 1 milliard dollarlik kapitalga ega «The Abu Dhabi Uzbek Fund» investisiya fondi tashkil etildi. Bugungi kunga kelib ushbu jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kichik va o‘rta loyihalarni, shuningdek, Samarqand shahrida mehmonxona qurish, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi xususiylashtirilishini moliyalashtirish ma’qullandi.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) mablag‘larini jalb qilgan holda Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insul’t ilmiy-amaliy tibbiyot markazini qurish va jihozlash loyihasi amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) kredit mablag‘lari hisobidan “Ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov berish markazlari (data-markazlar) tashkil etish”, “Paketli kommutasiya xalqaro markazlarini kengaytirish”, “Telekommunikasiya transport tarmog‘i va ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini kengaytirish”, “Radiotarmoqni modernizasiya qilish” loyihalarini amalga oshirish uchun 180 million dollar mablag‘ jalb etishni rejalashtirgan.

Shu bilan bir qatorda, yaponiyalik mutaxassis Esuaki Yoshida O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligida vazir maslahatchisi sifatida faoliyat boshladi. U AKT sohasidagi korxonalarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash dasturini amalga oshirish uchun xorijiy investisiyalar va xalqaro kredit liniyalarini jalb qilish masalalari bilan shug‘ullanadi. O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasida ta’lim, fan va innovasiyalar bo‘yicha maslahatchi-vakil hamda xususiy biznes bilan ishlash bo‘yicha maslahatchi lavozimlari joriy qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish chog‘ida tashriflar natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xarita”lariga muvofiq 2020 yil uchun belgilangan chora-tadbirlarning to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Aholi turmush darajasini oshirish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga xizmat qiladigan loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyatining hisobоti eshitildi, aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, eksport oldi moliyalashtirishni kengaytirish, investisiya muhitini yaxshilash, sanoat tarmoqlari va istiqbolli loyihalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilishda manzilli yondashuvni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi va takliflar ishlab chiqildi.

WWW.PRESIDENT.UZ