BANDLIK DASTURI MUHOKAMA ETILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasida 2016-yil ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi mas’ul xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Yo.Umarov, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining birinchi o‘rinbosari B.Nizomov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar aholi bandligini ta’minlashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.
Mamlakatimizda har yili demografik va mehnat bozori omillarini hisobga olgan holda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha bandlik dasturlari qabul qilinmoqda. 2016-yilga mo‘ljallangan dastur loyihasini ishlab chiqishda mehnat bozoridagi talab va taklif chuqur o‘rganilgani barobarida iqtisodiyot tarmoqlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari inobatga olingan.
Dasturda belgilangan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha 2016-yilda qariyb 1 millionga yaqin, jumladan, maqsadli kompleks dasturlariga muvofiq 396,9 ming, yakka tartibdagi tadbirkorlik, kasanachilikni tashkil etish, fermer va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish orqali 595,9 ming ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.
– Dasturni tayyorlash jarayonida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, ayollar, aholining ehtiyojmand qatlamlari va ishsizlar bandligini ta’minlashning aniq imkoniyat va yo‘nalishlari har tomonlama o‘rganildi, – deydi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi Oybek Egamov. – Xususan, 2016-yilda kasb-hunar kollejlarini tamomlaydigan 511,5 ming bitiruvchi bandligini ta’minlash, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida 13 trillion so‘m bank kreditlari ajratilishi rejalashtirilgan.
Dastur parametrlarining sifatli bajarilishini ta’minlashda tuman va shaharlar, tarmoqlar va korxonalar bo‘yicha mavjud elektron axborot resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish va Iqtisodiyot vazirliklari, Davlat soliq, Statistika qo‘mitalari o‘rtasida axborot almashinuvini yanada yaxshilash dastur bajarilishini ta’minlashda muhim omil bo‘ladi.
Yig‘ilishda dastur loyihasida belgilangan barcha parametrlarda rejalashtirilgan ish o‘rinlarini tashkil etish mexanizmlari muhokama qilindi.