Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BANK XODIMLARI MEVA-SABZAVOTCHILIKNI KREDITLASH BO‘YICHA MALAKA OSHIRDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BANK XODIMLARI MEVA-SABZAVOTCHILIKNI KREDITLASH BO‘YICHA MALAKA OSHIRDI

“Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovatsiya tijorat bankida “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarmog‘ini kreditlash xususiyatlari” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir “Ipak yo‘li” banki va Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik kelishuvi doirasida bank xodimlarining meva-sabzavotchilikni kreditlashning xususiyatlari va tavakkalchiliklari bo‘yicha malakasini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalash va tarmoqda raqobatbardoshlikni oshirish, xususan, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash hajmini ko‘paytirish doimiy e’tiborda. O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasi ana shu e’tiborning amaldagi ifodasidir. Qiymati 150 million dollardan iborat bu loyiha fermer xo‘jaliklari va agrosanoat tarmog‘i vakillarining texnik va boshqaruv salohiyatini oshirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda yurtimiz mahsulotlarini jahon bozorlariga olib chiqish imkonini kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, unda tijorat banklari bevosita ishtirok etmoqda.

– Mazkur loyiha doirasida bankimiz Moliya vazirligi va Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining 10 million dollar qiymatidagi mablag‘larini qayta kreditlash bo‘yicha bitim tuzgan, – deydi “Ipak yo‘li” banki boshqarma boshlig‘i Rustamxon Azizov. – Joriy yil yakuniga qadar ushbu kredit liniyasini istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish uchun to‘liq o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

O’zA