“Bir mayizni qirq boʻlib yegan xalqmiz”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Xalqimiz boshiga musibat tushsa bir-birini yolgʻizlatib qoʻymagan. Bir yoqadan bosh chiqarib, hamjihatlikda ish koʻrgan. Bugungi sinovli kunlar esa buni yana bir bor isbotladi.
Bugun butun dunyo xalqlari sinovli va ogʻir kunlarni boshdan kechirmoqda. Yurtimizda esa saxovatpesha insonlarning saʼy-harakatlari bilan karantin vaqtida qiyin ahvolda qolgan insonlarga mehr-muruvvat koʻrsatilayotir. Bu kabi xayr-saxovat tadbirlari Ramazon kunlarida yana-da keng quloch yoygan.
Navoiy viloyati Uchquduq tumanida ham yolgʻiz qariyalar, muhtoj kishilar, nogiron, kasal farzandi bor va boquvchisini yoʻqotgan oilalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari berilmoqda.
Tuman hokimligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan 596 nafar fuqaroga oziq-ovqat, goʻsht, yogʻ va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari manzilli yetkazildi.
Bundan tashqari, viloyat mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi qoshida tashkil etilgan homiylik xayriya mablagʻlarini muvofiqlashtirish shtabiga murojaat qilgan 65 nafar uchquduqlik fuqarodan 61 nafariga jami 7 million 700 ming soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
– Yaqinda boʻlib oʻtgan xalq deputatlari Uchquduq tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi kun tartibida “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida maxsus hisob-raqamiga toʻplangan mablagʻni yoʻnaltirish masalasi ham koʻrib chiqildi. Yigʻilgan jamgʻarma mablagʻlari koronavirus pandemiyasi va karantin davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj, koʻp bolali oilalarga, nogironligi boʻlgan shaxslarga, oʻz daromadini yoʻqotgan vaqtincha ishsiz qolgan jismoniy shaxslarga ajratildi. Shu bilan birga, 100 million soʻm Sardoba suv ombori toʻgʻonida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etishga ajratish yuzasidan tuman kengashi qarori qabul qilindi, – deydi xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Rayhon Qodirova.
Albatta, bugungidek sinovli kunlarda insonlarning bir-biriga yordam qoʻlini choʻzishi yurtdoshlarimiz boshidan kechirayotgan ogʻir kunlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
UzA