Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BIRGALIKDAGI SA’Y-HARAKATLAR SAMARASI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BIRGALIKDAGI SA'Y-HARAKATLAR SAMARASI

Toshkentda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi va YUNISEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligidagi «Onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatlarini takomillashtirish» loyihasining yakuniga bag’ishlangan anjuman bo’lib o’tdi.

Anjumandan ko’zlangan maqsad loyiha natijalarini ko’rib chiqish va olingan saboqlarni muhokama etish, shuningdek, ona va bola salomatligini muhofaza qilish sohasida kelajakdagi faoliyat uchun tavsiyalar ishlab chiqish bilan izohlanadi.

Mazkur loyiha sog’liqni saqlash tizimda davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlarga ko’maklashishga qaratilgan bo’lib, u 2008-2015-yillarda ikki bosqichda amalga oshirildi.

O’zbekistonda sog’liqni saqlash tizimida ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga va Andijon, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo kabi sinov viloyatlarida sog’liqni saqlash sohasi xodimlari malakasini oshirishga qaratilgan loyihaning birinchi bosqichi muvaffaqiyatidan so’ng, 2012-yilning iyul oyida O’zbekistonning barcha hududlarini qamrab olish darajasida kengaygan, onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatlarini milliy miqyosda keng yoyishga qaratilgan loyihaning ikkinchi bosqichi boshlandi.

Ikkinchi bosqichda onalik va bolalikni muhofaza qilishni takomillashtirishga qaratilgan o’nta me’yoriy hujjat qabul qilinishiga erishildi. Shuningdek, 17 mingdan ortiq tibbiyot mutaxassislari va rahbar xodimlar onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi xizmatlarni takomillashtirishga qaratilgan o’quv mashg’ulotlarida qatnashdilar. Bu esa o’z o’rnida butun mamlakat bo’yicha amalga oshirilgan loyihaning barqarorligini ta’minlaydi.

WWW.XS.UZ