Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Birlamchi bo‘g‘indagi asosiy vazifa - kasalliklarning oldini olish

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Birlamchi bo‘g‘indagi asosiy vazifa - kasalliklarning oldini olish

Uch qavatli ushbu zamonaviy muassasa 19 ta mahalladagi 56 ming nafar aholiga xizmat ko‘rsatadi. Buning uchun bolalar bo‘limi, fizioterapiya bo‘limi, kunduzgi statsionar, mutaxassislik xonalari va laboratoriyalarda zarur sharoit yaratilgan. Shu yil 18 martdagi «ochiq muloqot»da berilgan topshiriqqa ko‘ra, bu poliklinikaga ham zamonaviy fizioterapiya uskunalari keltirib o‘rnatilgan.

Shuningdek, bepul tarqatiladigan dorilar xonasi, shifokor qabulidan oldingi ko‘rik xonasi tashkil etilgan. 65 nafar shifokor va ko‘plab hamshiralar bemorlar dardiga darmon bo‘layotir.

Davlatimiz rahbari poliklinikadagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashdi.

— Tibbiyot - yoshu qari hammaga daxldor eng katta davlat xizmati. Shuning uchun bu sohaga doimiy e’tibor qaratib kelyapmiz. Birlamchi bo‘g‘inni «pastga tushirish»ga harakat qilyapmiz. Albatta, o‘zgarish bor: yangi shifoxonalar ochilyapti, poliklinikalar jihozlanyapti. Lekin hali yetib borilmagan xonadonlar ham bor. Malakali tibbiy xizmatlarning har bir oilaga kirib borishini ta’minlash, bunda ehtiyojmand insonlarga alohida yondashish kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Muloqotda aholining tibbiy madaniyatini oshirish, kasalliklarning oldini olish masalalari haqida so‘z bordi.

— Ko‘p hollarda kasallikni insonning o‘zi keltirib chiqaradi: kam harakat bo‘ladi, to‘g‘ri ovqatlanmaydi, sog‘lig‘iga qaramaydi. Buni birlamchi bo‘g‘in keng tushuntirishi kerak. Aholini dori bilan emas, profilaktika bilan sog‘lomlashtirish zarur. Odamlarning o‘z sog‘lig‘iga e’tiborini kuchaytirish, skrining tekshiruvlarini muntazam o‘tkazib borish kerak, - dedi davlatimiz rahbari.

Shu yerda sayyor tekshiruvlarda foydalaniladigan maxsus transportlar ham ko‘zdan kechirildi.

УзА