BISHKEKDA O’ZBEKISTON TAQDIMOTI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Respublikasining Qizg’izistondagi elchixonasi vakillari “Ilim” ta’lim majmasining rasmiy taklifiga binoan Ikkinchi Jahon urushidagi g’alabaning 70-yilligiga bag’ishlangan bayram tadbirida ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirda Qirg’izistonning rasmiy, siyosiy-jamoatchilik va OAV vakillari, shuningdek, Bishkekda akkreditatsiyadan o’tgan MDH davlatlari diplomatik missiyalari rahbarlari va hodimlari ishtirok etdilar.
Tadbir chog’ida qatnashchilarga mamlakatimizda mazkur bayram tadbirini o’tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Xususan, 9-may Xotira va qadrlash kuni bu yili “Jasorat, burch, matonat” shiori ostida tantana bilan nishonlanishi ta’kidlandi.
Shuningdek, mazkur umumxalq bayrami mustaqillik yillarida Vatan ozodligi, xalqimiz tinchligi, osoyishtaligi va farovonligi yo’lida o’z jonlarini ayamagan kishilar xotirasiga chuqur hurmat ko’rsatish ramziga aylangani alohida ta’kidlandi. O’zbekistonda hech bir oila yoqki, ularning taqdiri Ikkinchi Jahon urushi bilan to’qnashmagan bo’lsa. Shu sababli, ushbu sana har bir uyda va har bir mahallada alohida e’tibor bilan nishonladi.
Tadbirda 2015-yilni Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinganligi ham yurtimizda aynan keksalar qatorida Ulug’ Vatan urushi qatnashchilari va mehnat faxriylariga hukumat tomonidan ko’rsatilayotgan chuqur ehtirom namunasi ekanligi aytib o’tildi. Keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, ayniqsa, 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, oila va jamiyatda, yoshlarni o‘zbek xalqining ko‘p asrlik qadriyat va an’analari ruhida tarbiyalashda keksalarning o‘rnini mustahkamlash maqsadida, shuningdek, 2015-yilning “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan "Keksalarni e’zozlash yili" Davlat dasturi ishlab chiqilganligi ta’kidlandi.
“Jahon” AA, Bishkek