BIZ SENING FARZANDLARINGMIZ, O‘ZBEKISTON
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Joriy yilning 7-9 iyun kunlari Toshkent shahrida Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan “Biz – buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostida yoshlar festivali o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida matbuot anjumani o‘tkazildi.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari hamda boshqa tashkilot va muassasalar hamkorligida navqiron avlodni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, ro‘y berayotgan yangilanish va o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishtirish, ular qalbida elu yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish orqali ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarni “ommaviy madaniyat” va boshqa illatlar ta’siridan asrash maqsadida o‘tkazib kelinayotgan mazkur festivalning nufuzi oshib, qamrovi yildan-yilga kengayib bormoqda.
Tadbirda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi B.G‘aniyev, Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari M.Obidov va boshqalar yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi doirasida Toshkent shahrida qilinayotgan ishlar, yoshlar festivalining maqsad va vazifalari, uning doirasida tashkil etiladigan tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Festival shaharning barcha tumanlarida alohida dastur asosida tashkil etiladi. Dastur uch kunga mo‘ljallangan. Uning doirasida “Bu mening Vatanim!”, “Hokim va yoshlar”, “Deputat va yoshlar”, “Zamonamiz qahramonlari”, “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin!”, “Nuroniylar e’zozimizda” singari yigirmaga yaqin mavzularda tadbir va loyihalar o‘tkaziladi. Yakunda faol yoshlar qator nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi.
Anjuman doirasida “Biz sening farzandlaringmiz, O‘zbekiston!” deb nomlangan fotosuratlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
Matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.
O’zA