BMT Bosh kotibining maxsus vakili bilan uchrashuv
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Bosh kotibining yo‘l harakati xavfsizligi masalalari bo‘yicha maxsus vakili Jan Todtni qabul qildi, deb xabar qilmoqda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.
Vazir mehmonni qutlar ekan, uning BMT Bosh kotibining yo‘l harakati xavfsizligi masalalari bo‘yicha ilk vakili sifatidagi faoliyatini va mazkur yo‘nalishdagi global sheriklikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida barqaror transport infratuzilmasini yaratish, yo‘l harakati xavfsizligi sohasi qonunchiligini va huquqni qo‘llash tizimini takomillashtirish kabi muhim jabhalardagi hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.
Shu o’rinda O‘zbekiston tomoni BMTning yo‘l harakati sohasidagi loyihalarni moliyalashtirishga yo’naltirish va ularni amalga oshirishga yo‘naltirilgan Trast fondi tuzilishini qo‘llab-quvvatladi, Fond doirasidagi amaliy hamkorlikka qiziqish bildirdi.
ТOSHKENT, 19-sentabr. /«Dunyo» AA/.