Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi O‘zbekistonda

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi O‘zbekistonda

BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Diego Garsiya-Sayan boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga ilk bor tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasining inson huquqlari bo‘yicha xodimi Stefano Sensi ham bor.

BMT eksperti boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi bir haftaga mo‘ljallangan. Tashrif davomida mehmonlar mamlakatimizdagi o‘ndan ortiq davlat tashkilotlari va muassasalarida uchrashuvlar o‘tkazadi. Farg‘ona va Samarqand viloyatlaridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyati bilan tanishadi.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining maxsus ma’ruzachisi, shuningdek, sudyalar, prokurorlar, advokatlar, fuqarolik jamiyati institutlari faollari va talabalar bilan muloqotda bo‘ladi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha Xalqaro press-klubda BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Diego Garsiya-Sayan ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Mazkur tashrifdan ko‘zlangan maqsad BMT Maxsus ma’ruzachisi vakolatlariga taalluqli sohalar doirasida muloqotlar olib borish va o‘zaro hamkorlik istiqbollarini o‘rganishdan iborat. Shuningdek, O‘zbekistonga tashrif yakunlari bo‘yicha Maxsus ma’ruzachi xulosa va tavsiyalarining BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun: Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachi instituti BMT Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasining (hozir – BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi) 1994 yildagi 1994/41-sonli rezolyusiyasi asosida ta’sis etilgan. O‘tgan davrda Maxsus ma’ruzachilar qariyb 40 ta mamlakatga tashrif buyurishgan.

Maxsus ma’ruzachi – inson huquqlari bo‘yicha muayyan mamlakatdagi vaziyat yoki aniq bir mavzuni o‘rganish va bu haqda ma’ruzalar taqdim etish uchun BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi tomonidan tayinlanadigan mustaqil ekspertdir.

Maxsus ma’ruzachi faxriy lavozim hisoblanadi. Ya’ni, u BMT xodimlari sirasiga kirmaydi va unga ish haqi to‘lanmaydi. Maxsus ma’ruzachi faoliyatining xolisligi va beg‘arazligini ta’minlashda bu omil muhim ahamiyat kasb etdi.

Diego Garsiya-Sayan (Peru) BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi lavozimiga 2016 yili dekabr oyida tayinlangan. Bundan ilgari Inson huquqlari bo‘yicha Amerikalararo sudning sudyasi lavozimida qatorasiga ikki muddat ishlagan.

Shu muddatlar davomida janob Diego Garsiya-Sayan Sud Raisining o‘rinbosari (2008-2009 yillar) va ikki muddat mobaynida Sud Raisi (2009-2013 yillar) etib saylangan. U inson huquqlari bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega. Jumladan, uzoq yillar BMT va Amerika Davlatlari Tashkilotida samarali faoliyat olib borgan.

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

O‘zA