Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BMT MINGYILLIK RIVOJLANISH MAQSADLARI BO’YICHA O’ZBEKISTONDA ERISHILGAN YUTUQLAR XITOY JAMOATCHILIGI NIGOHIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BMT MINGYILLIK RIVOJLANISH MAQSADLARI BO'YICHA O'ZBEKISTONDA ERISHILGAN YUTUQLAR XITOY JAMOATCHILIGI NIGOHIDA

Shanxay Jamoatchilik fanlari akademiyasi va Yanchen shahri (Tzyansu viloyati) ma’muriyati qoshidagi Tashqi ishlar departamentida BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari bo’yicha O’zbekistonda erishilgan yutuqlarga bag’ishlangan taqdimot bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbirda XXR siyosiy-jamoatchilik va ekspert-tahlil doira vakillari ishtirok etdilar. Unda joriy yilning 30-aprelida mamlakatimiz vazirlik, diplomatiya korpusi, xalqaro tashkilotlar, ekspert va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokida BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo’yicha qilingan 2-milliy ma’ruzasi bilan tanishdilar.

Tadbir chog’ida taqdim qilingan mazkur ma’ruzada mamlakatimizda BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish tahlili 8 bo’limga ajratilgan holda aks etgan: O’zbekiston va global hamkorlik; o’rta maktablarda ta’lim sifatini oshirish; ayollar va erkaklar huquqlarini tenglashtirish; onalar salomatligini mustahkamlash; OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish; ekologik barqarorlikni ta’minlashdan iborat ekanligi aytib o’tildi.

Taqdimot ishtirokchilari mazkur maqsadlar doirasida O’zbekiston qo’lga kiritgan yutuqlarni yuqori baholadilar.

Ishtirokchilar “Jahon” axborot agentligiga bergan interyularida ushbu mavzu yuzasidan o’z fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdilar.

Shanxay Jamoatchilik fanlari akademiyasi huzuridagi Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari tadqiqotlar markazi direktori Pan Davey BMT Mingyillik maqsadlari doirasida 8 yo’nalish bo’yicha mamlakatimizda qo’lga kiritilgan muvafaqqiyatlar yuksak e’tirofga sazovor ekanligini ta’kidladi.

— 2014-2015-yillarda mamlakatingizda bo’lib o’tgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etganim chog’ida yurtingizda kuzatilayotgan barqaror iqtisodiy o’sish hamda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning guvohi bo’ldim. Prezident Islom Karimovning puxta va uzoqni ko’zlangan siyosati natijasida sog’liqni saqlash, bolalar o’limini kamaytirish va aholi kam ta’minlanganlik darajasining pasayishi singari sohalarda ulkan yutuqlar qo’lga kiritildi, - dedi u. – OITS kabi og’ir yuqumli kasalliklarni oldini olish borasida O’zbekiston hukumati amalga oshirayotgan chora-tadbirlar va belgilangan ustuvor vazifalar jahon hamjamiyatiga namuna tariqasida yetkazilishi lozim deb o’ylayman. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurash sohasida yurtingizda olib borilgan oqilona siyosat hamda milliy kadrlar salohiyatini oshirish natijasida salmoqli yutuqlarga erishildi.

Go’zal O’zbekiston diyoriga farovonlik hamda oldiga qoygan maqsadlarni amalga oshirishda muvafaqqiyatlar tilab qolaman.

Shanxay Jamoatchilik fanlari akademiyasi huzuridagi Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari tadqiqotlar markazi bosh kotibi Chjyan Tzyanjun 2000-yilda qabul qilingan BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari insonlar farovonligi va yashash darajasini oshirish bo’yicha bir qanch ustuvor vazifalarni aniqlab berganligini ta’kidlab o’tdi.

— Mazkur yo’nalishda Xitoy va O’zbekiston BMTning mas’uliyatli a’zosi sifatida jahon hamjamiyati oldidagi majburiyatlarini bajarishga jiddiy yondashmoqda, - dedi xitoylik ekspert. – Xususan, umumiy majburiy ta’lim olish ta’minlandi, ayollar huquqlari kengaytirildi va bolalar o’limi sezilarli darajada qisqardi.

BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari doirasida O’zbekiston amalga oshirgan kompleks chora-tadbirlar hamda uning natijalari yuksak e’tirofga loyiq.

O’z navbatida Yanchen shahri ma’muriyati qoshidagi Tashqi ishlar departamenti direktori Lyu Guangchu so’nggi yillarda O’zbekistonda sog’liqni saqlash sohasiga ajratilayotgan budjet mablag’lari hajmi bir necha barobar ortgani holda yuzlab tibbiyot muassasalarini qurish va qayta ta’mirlashga muvaffaq bo’linganligini e’tirof etdi.

— Jahon moliyaviy inqirozi yuz berganiga qaramasdan O’zbekiston bu davrda barqaror o’sish su’ratlarini saqlab qolgani holda sog’liqni saqlash va ta’lim singari ijtimoiy sohalarda muhim dasturlarni amalga oshirmoqda, - deya e’tirof etdi u.

“Jahon” AA, Shanxay