Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Bog‘dorchilik rivoji yo‘lida

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Bog‘dorchilik rivoji yo‘lida

Nukusda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va uzumchilikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fermerlar kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari, fermerlar, tajribali bog‘bon va mutaxassislar ishtirok etdi.

Prezidentimizning 2013-yil 13-martdagi “2013-2015-yillar davrida respublikada uzumchilikni yanada rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida uzumchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari ko‘payib, sifatli mahsulot yetishtirilayotgani ta’kidlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2012-2014-yillarda sabzavot yetishtirish 16,3 foiz, meva 21 va poliz mahsulotlari yetishtirish 16,6 foizga o‘sdi. Yangi bog‘ va tokzorlar tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samarasida 2010-2014-yillarda 50 ming gektar maydonda bog‘ barpo etildi. Jumladan, 14 ming gektar intensiv bog‘, 23 ming gektar tokzor yaratildi.

– Seminarda bog‘larni parvarishlash, mevali daraxtlarga kimyoviy ishlov berish borasida yangi texnologiyalarni qo‘llash samaralari haqida keng ma’lumotga ega bo‘ldik, – deydi Ellikqal’a tumanidagi “Odamboy-Salavat” bog‘dorchilik fermer xo‘jaligi rahbari Salavat Otaboyev. – 65 gektarlik bog‘imizda yetishtirilgan mahsulotlarni qish mavsumida saqlash uchun o‘tgan yili 200 tonna sig‘imga ega zamonaviy muzlatgich qurdik. Bu aholini qishda ham sarxil mevalar bilan ta’minlash barobarida, narx-navo barqarorligini saqlashga ham xizmat qilmoqda.

Tadbirda fermer va dehqonlar malakasini oshirish, texnika va kimyoviy preparatlardan samarali foydalanish usullari haqida so‘z yuritildi. Uzumchilikni rivojlantirish, yetishtirilayotgan mahsulotlarni qayta ishlash bo‘yicha ham fikr almashildi. Qishloq xo‘jaligi texnikalari, kimyoviy preparatlar va ularni qo‘llash uchun ishlatiladigan uskunalar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

www.uza.uz