Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Buxoroda qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasidagi investitsiya loyihasini amalga oshirishga kirishildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Buxoroda qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasidagi investitsiya loyihasini amalga oshirishga kirishildi

2019-yilning 22-sentabr kuni Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida Xitoyning “Lioaning Lide” korporatsiyasi bilan hamkorlikda shamol elektr stansiyasini qurish borasidagi loyihani amalga oshirish doirasida shamol kuchini o‘lchashga mo‘ljallangan machtani o‘rnatish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.

Loyihaning umumiy qiymati 1,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, ishlab chiqarish quvvati 1,5 ming MVtga teng. Hokimlik tomonidan 6 ming ga yer ajratib berildi. Loyihaning 3 bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Birinchi bosqichda 200 MVt quvvatli elektr stansiyasini qurish uchun 240 mln. dollar qiymatidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyani jalb qilish belgilangan.

Marosimda Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev, “Lioaning Lide” prezidenti Chjan Yulian, O‘zbekistonning aloqador valirlik va idoralari vakillari ishtirok etdilar.

Viloyat hokimi o‘z nutqida aloqador idoralar rahbarlariga, jumladan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning Xitoydagi Elchixonasiga “Lioaning Lide” korporatsiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mazkur loyihani amalga oshirishda faol ko‘maklashgani uchun minnatdorchilik izhor etdi.

Tadbir ishtirokchilari mamlakatda olib borilayotgan islohotlar natijasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va chet el biznes doiralari bilan birgalikda istiqbolli investitsiya loyihalarini hayotga tadbiq etish uchun qulay sharoitlar yaratilayotganini qayd etdilar.

Xitoyning “Lioaning Lide” korporatsiyasi prezidenti Chjan Yulian o‘z kompaniyasining kelajakda ham ilg‘or xalqaro tajriba va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida yirik investitsiya loyihalarini jalb qilish va amalga oshirish uchun intilishini bildirdi.

«Dunyo» AA