“Buyuk Ipak yo’lidagi O’zbekiston”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Madridda mamlakatimizning sayyohlik salohiyatiga bag’ishlab o’tkazilgan taqdimot marosimi ana shunday nomlandi.
O’zbekiston Respublikasining Ispaniyadagi elchixonasi tomonidan mamlakatimizda faoliyat ko’rsatadigan «Dolores Travel Services” hamda mahalliy “CATAI” sayyohlik operatori bilan o’zaro hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda Ispaniyaning qator sayyohlik kompaniyalari vakillari qatnashdilar.
Taqdimot chog’ida o’zbek xalqining noyob tarixiy-madaniy merosi hamda urf-odat va an’analari, mamlakatimizning boy tabiiy va sayyohlik imkoniyatlari muloqotlarning asosiy mavzusi bo’ldi.
Mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini yanada rivojlantirish hamda noyob me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash yuzasidan O’zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar to’g’risidagi batafsil ma’lumotlar tadbir ishtirokchilarining e’tiboriga havola qilindi.
Taqdimot marosimida so’zga chiqqan “CATAI” sayyohlik kompaniyasining savdo ishlari bo’yicha direktori Ester Gonsales O’zbekistonning milliy an’ana va izchil rivojlanish bir-biri bilan uyg’unlashib ketgan mamlakat hisoblanishini qayd etdi. Samarqand, Buxoro, Xiva hamda Shahrisabz singari shaharlardagi ko’pgina tarixiy me’moriy yodgorliklar YUNESKO Umumjahon merosi ro’yxatiga kiritilganini, bu esa respublikaning jahon sayyohlik bozorida katta obro’-e’tiborga ega ekanligidan dalolat berishini alohida ta’kidladi.
O’zbekiston sivilizatsiyalar beshigi hisoblanadi, - dedi “IRBIS VIAJES” sayyohlik kompaniyasi vakili Luis Martines. - O’zbek xalqining ochiqko’ngilligi va mehmondo’stligi mamlakatingizga kelgan sayyohlarda unutilmas taassurotlarni qoldirmoqda. - O’tgan yili BMT jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashining 99-sessiyasi Samarqandda muvafaqiyatli o’tgani ham O’zbekistonning sayyohlik sohasidagi salmoqli muvaffaqiyatlarining alohida e’tirofi bo’ldi.
O’z navbatida, “Apetece Viajar» kompaniyasi direktori Paloma de Leon o’zbek xalqining madaniyati, milliy oshxonasi va ko’p asrlik an’analari jahon sayyohlarining e’tiborini jalb qilayotgan omillardan sanalishini aytdi. Shu bois o’zi rahbarlik qilayotgan firma tomonidan O’zbekiston bo’ylab uyushtiriladigan sayohatlarda ispaniyalik sayyohlarning sonini oshirish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
«Jahon» AA, Madrid