Buzg‘unchi g‘oyalarga yo‘l yo‘q
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Namanganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, viloyat hokimligi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi hamkorligida yoshlarni sog‘lom e’tiqod, vatanparvarlik va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, ularni buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Unda shahar va tuman xotin-qizlar qo‘mitalari raislari, Ma’naviyat targ‘ibot markazi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi shahar va tuman bo‘limlari hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati kengashlari, o‘quv muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbirda bugungi globallashuv davrida aqidaparastlik, terrorizm harakatlarining jahon miqyosida tobora avj olayotgani va bu umuminsoniyat xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani haqida so‘z yuritildi.Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni asrashga, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotimiz barqarorligini ta’minlashga, xususan, ma’naviy islohotlarga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
– Mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, fuqarolar, jumladan, yoshlar ongu shuuriga Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini teran singdirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar bunda muhim omil bo‘lmoqda, – deydi professor Davron Muitov.
Navqiron avlod ongida bo‘shliq paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaning asosini tashkil etadi. “Ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan yoshlarni asrashning asosiy yo‘llaridan biri axborotni xolis, haqqoniy tahlil qilish, saralash, ijobiy jihatlaridan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishdir. Bunda davlatimiz rahbarining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ilgari surilgan “G‘oyaga qarshi g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda”, degan purma’no fikrning mazmun-mohiyatini anglash muhim ahamiyatga ega.
Anjumanda “Oila – ta’lim muassasasi – mahalla” hamkorligini yanada kuchaytirish, yoshlarni axborot iste’moli madaniyatiga o‘rgatish, turli tahdidlardan himoyalashda ommaviy axborot vositalaridan samarali foydalanish, ta’lim dargohlarida davomat ko‘rsatkichini yaxshilash va o‘quvchi-talabalarning kiyinish madaniyatiga alohida e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.
Tadbir doirasida “Osuda hayot qadri” nomli foto va kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.