Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Dilshod Axatov Yangi Zelandiya Elchisi bilan uchrashdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Dilshod Axatov Yangi Zelandiya Elchisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Yangi Zelandiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Ien Aleksandr Hill bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston – Yangi Zelandiya munosabatlarining istiqbollari muhokama qilindi, o‘zaro hamkorlikni sifat jihatdan yuqori darajaga ko‘tarish uchun yangi yo‘nalishlarni birgalikda izlashga ikki tomon ham tayyorligi tasdiqlandi.

Hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish umumiy kun tartibining muhim vazifasi hisoblanishi ta’kidlandi.

Savdo aylanmasi hajmlarini oshirish, qishloq xo‘jaligi, muqobil elektroenergetika, turizm, ta’lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilmiy tadqiqotlar sohalarida qo‘shma investitsiya loyihalarini ro‘yobga chiqarish mexanizmlarining amaliy jihatlari to‘g‘risida fikr almashildi.

Suhbatda xalqaro tashkilot va tuzilmalar, jumladan BMT doirasidagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi

O‘zbekistonda diplomatik missiyasini yakunlayotgani munosabati bilan Elchiga mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorchilik bildirildi.

Ien Aleksandr Hill o‘z navbatida O‘zbekistondagi faoliyati doimiy ravishda qo‘llab-quvatlangani uchun minnatdorchilik izhor etdi.

O‘zA