Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMASI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMASI

Namanganda Prezidentimizning shu yil 10-aprelda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar hamda “O‘zbekistonga xos bo‘lgan turli tabiiy, tarixiy, milliy, demografik va ekologik xususiyatlarni to‘la hisobga olgan “o‘zbek modeli” va demokratik islohotlarni chuqurlashtirish” mavzusiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekoharakat deputatlar guruhi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi, Namangan viloyati hokimligi, O‘zbekiston Ekologik harakati viloyat hududiy bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda deputatlar, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti mutaxassislari, Ekoharakat va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faollari, olimlar, talabalar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Anjumanda mamlakatimizda ekologik qonunchilikni rivojlantirish va takomillashtirish faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, dolzarb ekologik muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari xususida so‘z yuritildi. Prezidentimiz rahnamoligida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

– Istiqlol yillarida mamlakatning barqaror taraqqiyotini belgilovchi asosiy omillardan biri – ekologik xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan etib belgilandi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Xayrullo G‘afforov. – Tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan o‘ttizga yaqin qonunlar, uch yuzga yaqin qonunosti hujjatlari qabul qilindi.

Tadbirda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.

"Jahon" AA