Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Ekologik muvozanat – barqarorlik omili

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Ekologik muvozanat – barqarorlik omili

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Ekologik harakati hamkorligida “Ekologik masalalarni oqilona hal etish – O‘zbekiston siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan” mavzusida brifing o‘tkazildi.

Unda tegishli davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari, mamlakatimizga Prezident saylovini kuzatish uchun kelgan ekspertlar, ekolog olimlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Ekologik harakati markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi B.Alixonov, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.Abdusamatov va boshqalar atrof-muhit musaffoligini ta’minlash va barqaror rivojlanishga erishish O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda mazkur yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni hayotga tizimli tarzda tatbiq etish maqsadida o‘ttizdan ziyod qonun va uch yuzdan ortiq qonunosti hujjati qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi “2013-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu yo‘nalishdagi ishlar yanada kengaymoqda.

Mazkur hujjatlar asosida yer, suv, havo musaffoligini ta’minlash, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, muqobil energiya turlarini rivojlantirish, biologik xilma-xillikni asrash, chiqindilarni zararsizlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, chuchuk suv hosil bo‘ladigan hududlarni qo‘riqlash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni kengaytirish hamda yo‘qolib borayotgan noyob hayvonlar va o‘simlik turlarini himoya qilish bo‘yicha ko‘plab loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan islohotlar jarayonida jamiyatimizdagi dolzarb ekologik vazifalarni hal etishda jamoat tashkilotlari va aholining faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Ekologik harakatining tashkil etilishi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 15 nafar deputat ushbu jamoat tashkilotidan saylanishi ekologik qonunchilik va uni hayotga tatbiq etish mexanizmlarini yanada rivojlantirish, tabiatni muhofazalash vazifasini har bir insonning kundalik faoliyatiga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Brifingda chet ellik ekspertlar O‘zbekistonda yuritilayotgan ekologik siyosatning o‘ziga xos jihatlari, mazkur sohadagi keng ko‘lamli islohotlarning yo‘nalishlari, ular berayotgan samaralar bilan tanishtirildi.

– O‘zbekiston insoniyatning kelajak taraqqiyotiga daxldor bo‘lgan dolzarb ekologik muammolarni oqilona yo‘l bilan hal etish borasida ko‘plab tashabbuslarni ilgari surmoqda, – dedi “Soglasiye” sotsial-demokratik partiyasi boshqaruvi a’zosi Aleksandr Sakovskiy (Latviya). – Yurtingizda bu borada izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani, ekologik loyihalarga jamoat tashkilotlari va aholini keng jalb etishga yo‘naltirilgan ishlar e’tiborga sazovor. O‘zbekiston Ekologik harakati ekologiya masalasiga butun jamiyat e’tiborini qaratish bo‘yicha izchil faoliyat yuritayotir. Bunday ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish sayyoramizda ekologik muvozanatni asrash va insoniyatning farovon turmushini ta’minlashda muhim omil bo‘ladi.

www.uza.uz