Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

EKSPORT HAJMI OSHMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
EKSPORT HAJMI OSHMOQDA

Buxorodagi “Buxoro brilliant silk” O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasida pillani qayta ishlab, mato tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 2 million dollardan ziyod mablag‘ sarflandi. Zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan yangi sexda ipak tolasidan turli o‘lchamdagi matolar to‘qilayotir.

– Avtomatlashtirilgan to‘quv dastgohlarining ish unumi yuqori, – deydi korxona to‘quvchisi G.G‘ulomova. – Ularni boshqarish malaka va ko‘nikma talab etadi. Gulshoda Mirzayeva, Gulshan Nabiyeva singari kasbdoshlarim bilan zamonaviy dastgohlarni boshqarishni o‘zlashtirib, tajribamizni yoshlarga o‘rgatmoqdamiz.

To‘qilayotgan matolar zamonaviy printerli gul bosish dastgohida kamalakrang atlas va adras tusini oladi. Dastgoh dastur asosida matoga istalgan ko‘rinish va tusdagi ranglarni tushirish imkoniyatiga ega. Bunda buyurtmachi taklifi va bozor talabi asosida ish tutiladi. Hozir bu yerda “Bahor”, “Yomg‘ir”, “Yulduzlar” kabi o‘nlab ko‘rinishdagi matolar ishlab chiqarilmoqda. Printerda bosiladigan gullarning o‘ziga xosligi shundaki, ular rangi uniqmaydi, suv va quyosh nuriga chidamli.

Ipak matolar ekologik toza, har qanday iqlimga mos. Bu matolar hozircha ichki bozorga, buyurtma asosida Farg‘ona, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridagi xaridorlarga yetkazib berilmoqda. Ayni paytda yangi mahsulotni eksport qilish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib borilayotir.

“Buxoro brilliant silk” qo‘shma korxonasining ipak tolalari xorijda xaridorgir. O‘tgan yili korxona Eron, Vetnam, Turkiya, Hindiston mamlakatlariga 2 million dollarlik mahsulot eksport qilgan. Joriy yilning o‘tgan davrida qariyb 1,8 million dollarlik mahsulot xorij bozoriga chiqarildi. Yil oxiriga qadar bu ko‘rsatkichni 2,5 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

O’zA