Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“ELECTION TIMES” O’ZBEKISTONDA BO’LAJAK PREZIDENT SAYLOVLARI HAQIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“ELECTION TIMES” O'ZBEKISTONDA BO'LAJAK PREZIDENT SAYLOVLARI HAQIDA

Ayni paytda mamlakatimizda joriy yil 4 dekabr kuni bo’lib o’tadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlariga faol tayyorgarlik ko’rilmoqda. Davlatimiz uchun juda muhim bo’lgan ushbu siyosiy tadbir xorijiy mamlakatlarning ommaviy axborot vositalarida ham katta qiziqish uyg’otmoqda.

Jumladan, Pokistonda chop etiladigan “Election Times” gazetasi sahifasida O’zbekistonda o’tkaziladigan Prezident saylovlari mavzusiga bag’ishlangan maqola bosilib chiqdi. Uning muallifi - ushbu nashr bosh muharriri, Pokiston Advokatlar assotsiatsiyasining doimiy a’zosi Safir Shoh Husayn O’zbekiston Respublikasida bo’lib o’tgan parlament saylovlari (2014-yil) hamda prezident saylovlari (2015-yil) monitoringida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan edi.

Maqolada Prezident saylovlari jarayonining oshkoraligi va ochiqligi, umumiylik, tenglik, erkinlik va yashirin ovoz berish kabi demokratik saylovlarning tamoyillariga rioya etilishini monitoring qilishlari uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Ijroiya qo’mitasi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Islom hamkorligi tashkiloti va Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi singari nufuzli institutlarga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining xalqaro kuzatuvida ishtirok etish uchun rasman taklifnomalar yo’llagani qayd etilgan.

Shuningdek, materialda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Liberal-demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi singari mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan siyosiy partiyalarning bo’lib o’tgan plenumlari to’g’risidagi batafsil ma’lumotlar ham o’z aksini topgan. Plenumlar chog’ida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida partiyalarning munosib ishtirokini ta’minlash hamda O’zbekiston Prezidentligiga bo’lajak nomzod ko’rsatish bilan bog’liq masalalar muhokama etilgani gazetxonlarning e’tiboriga havola qilingan.

Maqola intihosida muallif gazetxonlarni respublikamiz fuqarolariga teng saylov huquqini beradigan hamda zamonaviy xalqaro demokratik andozalarga mos keladigan O’zbekiston saylov qonunchiligi, saylovlar o’tkazilishining shakllari, uslub va texnologiyalari haqidagi ma’lumotlar bilan yaqindan tanishtirgan.

“Jahon” AA, Islomobod