ELEKTRON QAYDNOMA TIZIMI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik-tijorat banki va O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining G’aznachiligi o’rtasida “Elektron qaydnoma” tizimi yo’lga qo’yildi, deb xabar beradi bank matbuot xizmati.
Mazkur tizim orqali endilikda byudjet korxonalari va tashkilotlari ishchi-xodimlarining oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlari “UzASBO” (O’zbekiston byudjet tashkilotlarining avtomatlashtirilgan tizimi) dasturi va bankning avtomatlashtirilgan dasturi yordamida bankda ochilgan plastik kartochkalarga avtomat tarzda kirim qilinadi.
Yangi tizimning bir qator afzalliklari shundaki, ish haqi qaydnomalari elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda G’aznachilikning “UzASBO” dasturidan bankka maxsus himoyalangan kanal orqali jo’natilib, mijozlarning plastik karta hisob varaqlariga pul mablag’lari avtomatik ravishda kirim qilinadi.
Ushbu loyiha bank filiallarida muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazilib, yakunlangandan so’ng, xuddi shu tizim asosida pensiya to’lovlarini plastik kartochkalar hisobvaraqlariga o’tkazilishini avtomatlashtirish yo’lga qo’yiladi.
“Jahon” AA