Elektron tarzda tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat ro’yxatidan o’tish uchun berilgan arizalar soni 20 000 dan oshdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat ro’yxatidan o’tish tizimi joriy etilgandan beri fuqarolar tomonidan yuborilgan arizalar soni 20 000 dan oshdi.
Shu kungacha arizasi qanoatlantirilgan, ya’ni tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tganlari soni 19 500 yaqin nafari tashkil etmoqda. Qolgan arizalar tuman va shahar inspeksiyalari tomonidan ko’rib chiqilmoqda, deya xabar beradi O’zbekiston Savdo sanoat palatasi matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 25-noyabridagi “Tadbirkorlik sub’yektlarini Internet tarmog’i orqali davlat ro’yxatidan o’tkazish mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 312-sonli Qaroriga asosan 2014-yilning 1-yanvaridan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da elektron tarzda tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro’yxatdan o’tkazish xizmati ishga tushirilgan. Qarorga muvofiq, ushbu xizmat monitoringini ta’minlash yuzasidan O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi va boshqa mas’ul vazirlik, tashkilotlar mas’ul etib belgilangan.
“Jahon” AA