Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Elektron tijorat - biznes samaradorligining muhim kafolati

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Elektron tijorat - biznes samaradorligining muhim kafolati

Jadal o’zgarayotgan zamonaviy bozor sharoitida kompaniyalar raqobatdoshligi, ko’p jihatdan, axborot tizimlarining qulayligi, aloqa va ma’lumot uzatish imkoniyatlariga asoslanayotgani hyech kimga sir emas.

Binobarin, mamlakatimizda elektron tijoratni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqdaki, bu masofani qisqartirish, vaqtni tejash hamda ish samaradorligini oshirishda ayni muddaodir. Xususan, bugungi kunda bank xizmatlari, elektron to’lovlarning yangi turlari hayotga tatbiq etilayapti, to’lov amaliyoti soddalashtirilayotir.

Bularning barchasi, jumladan, axborot texnologiyalari taraqqiyotining hozirgi bosqichi sohaga oid huquqiy poydevorni yanada takomillashtirishni taqozo qilmoqda. Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Elektron tijorat to’g’risida”gi qonun loyihasi yangi tahrirda ko’rib chiqilayotganining boisi ham shunda. Mazkur huquqiy hujjatning ahamiyati, mazmun-mohiyati haqida quyi palataning Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo’mitasi a’zosi Ulug’bek SAMATOV muxbirimizga quyidagilarni so’zlab berdi:

— Yurtimizda elektron tijorat jabhasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida mustahkam normativ-huquqiy baza shakllantirilgan. Jumladan, “Axborotlashtirish to’g’risida”, “Elektron to’lovlar to’g’risida”, “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to’g’risida”, “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”, “Elektron tijorat to’g’risida”gi va boshqa qonunlar qabul qilingan.

Shu asosda elektron bank hujjat aylanishi, elektron plastik kartochkalar kabi tizimlar amaliyotga izchil joriy etilayapti. Ularning afzalliklari esa hamyurtlarimiz tomonidan munosib baholanmoqda.

Mazkur qulayliklar ko’magida xo’jalik sub’yektlari bilan fuqarolar o’rtasida tijorat amaliyotlari tezkor va samarali bajarilayotir, buyurtmachilar bilan tovar yetkazib -beruvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarilmoqda. Shunday ekan, shubhasiz, tadbirkorlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya xizmatlari yordamida dunyoning istalgan davlatidan hamkor topishi, o’z imkoniyatlarini to’liq ro’yobga chiqarishi mumkin. Shu o’rinda hozirgi vaqtda mamlakatimizda yuzdan ortiq tijorat -maydonlarida 700 dan ziyod brokerlik idoralari birja savdolarini elektron tarzda ham amalga oshirayotganini alohida qayd etish lozim.

“Elektron tijorat to’g’risida”gi qonun loyihasining yangi tahriri ushbu yo’nalishni yanada takomillashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. U tadbirkorlikni yanada taraqqiy toptirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qo’shimcha sharoitlar yaratib berish, shuningdek, xalqaro standartlarga mos texnologik bozor infratuzilmasini -tashkil etishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasida tijoriy takliflar, elektron tijorat kelishuvlari va shartnomalari ijrosi bilan bog’liq hisob fakturalari hamda boshqa hujjatlarni nafaqat qog’ozda, balki elektron shaklda ham rasmiylashtirishga doir norma nazarda tutilayapti. Bu esa elektron bitimlarni rasmiylashtirish va ularni amalga oshirish taomillarini osonlashtiradi, tijorat amaliyotlari shaffofligini oshiradi, tovar hamda xizmatlar sotib oluvchilarga tegishli narxlar, sifat va yetkazib berish shartlari haqidagi -ma’lumotlarni zudlik bilan olishlari uchun sharoit yaratadi.

Yana bir yangilik shuki, bu elektron tijorat sub’yektlariga elektron bitimlar tuzish xizmatlarini taqdim etadigan axborot vositachilari tarkibini kengaytirish bilan bog’liq. Bundan tashqari, qonun loyihasida elektron tijoratning axborot xavfsizligi hamda uning ishtirokchilariga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish ta’minlanishi masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu huquqiy hujjatning qabul qilinishi kichik biznes vakillarining ichki va tashqi bozorda yanada kuchli raqobatdosh bo’lishida muhim ahamiyat kasb etadi. O’z navbatida, davlat organlari hamda xo’jalik sub’yektlari faoliyatida axborot texnologiyalarini qo’llash, ular tomonidan xarid amaliyotlarini elektron shaklda amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, qonun loyihasini ikkinchi o’qishga tayyorlash doirasida u davlat boshqaruvining turli bo’g’inlari, fuqarolik jamiyati institutlarida batafsil tahlil qilinmoqda. Chunonchi, jamoatchilik muhokamasini ta’minlash, sifatini oshirish maqsadida “Elektron tijorat to’g’risida”gi qonun loyihasining yangi tahriri Qonunchilik palatasi rasmiy veb-saytiga joylashtirildi. Shular qatorida ekspertlar bilan birgalikda tadbirlar o’tkazildi. Mart oyida poytaxtimizda bo’lib o’tgan “Bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari - BankExpo - 2015” VIII milliy ko’rgazmasi doirasida ham yuqoridagi huquqiy hujjat muhokamasi tashkil etilgan edi. Buning samarasi o’laroq tegishli ishchi guruh tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida soha ekspertlari, mutaxassislar, olimlar va elektron amaliyotchilar tomonidan mazkur huquqiy hujjatni yanada maromiga yetkazish bo’yicha 120 dan ziyod takliflar kelib tushdi.

www.xs.uz