Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Endi metroda ham mobil telefondan foydalanish mumkin

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Endi metroda ham mobil telefondan foydalanish mumkin

2018 yil dekabr oyida Ucell kompaniyasining mulkchilik shakli o‘zgardi. Coscom mobil aloqa operatoriga (Ucell) egalik qilgan “Telia Company” kompaniyasi o‘zining barcha ulushini O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasiga sotdi. Shu tariqa Ucell aloqa operatori milliy kompaniyaga aylandi.

O‘tgan vaqt davomida kompaniyada bir qator ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Abonentlarga sifatli aloqa tizimini taqdim etish maqsadida ko‘plab choralar ko‘rildi. Biroq aloqa operatori tizimida muammolar ham yo‘q emas. Bu haqda Ucell kompaniyasi direktori Vladimir Kravchenko O‘zA muxbiriga so‘zlab berdi.

Hozircha yangi abonentlarga hech narsa va’da berolmaymiz

– Kompaniyaning mulkchilik shakli o‘zgarganidan so‘ng birinchi navbatda faoliyatimizni tahlil qildik. Kamchiliklarni o‘rganib, uni bartaraf etishga bel bog‘ladik.

Ucell kompaniyasi davlatniki, lekin biz xususiy aloqa operatori kabi faoliyat olib borayapmiz. Aytmoqchimanki, biz davlat kompaniyasimiz, deb alohida imtiyozlar talab qilganimiz yo‘q. Boshqa raqobatchilarimizdek bir xil imkoniyatdan foydalanayapmiz.

Kompaniyaning sotilishini bilgan investorlar unga oxirgi besh yil davomida investitsiya kiritmagan. Aloqa tizimlari eskirib ketgan. Shuning uchun abonentlar olis hududlarda aloqa yaxshi emasligidan shikoyat qiladi va ular haq. Yangi mijozlarni jalb qilishdan ko‘ra mavjud 7,6 million abonentni ushlab qolishga urinayapmiz. Biz hozircha yangi abonentlarga hech narsa va’da berolmaymiz. Ayni paytda esa doimiy mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘llarini izlayapmiz. Ularga tarif rejalar bo‘yicha belgilangan summaga qo‘shimcha imkoniyatlar berayapmiz. Megabayt, daqiqalar, SMSlar sonini keskin oshirayapmiz. Kimdir ko‘proq muloqot qilmoqchimi, marhamat, megabaytlarini daqiqalarga almashtirsin.

Sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida bir nechta tarif rejalari joriy etildi. Yoshlar, internetdan faol foydalanuvchilar hamda ko‘proq muloqot qilishni ma’qul ko‘ruvchilar, bir so‘z bilan aytganda, barcha segment abonentlari uchun yigirmadan ortiq xizmat va aksiyalar ishlab turibdi.

Bugungi kunda Ucell ning 2G tarmog‘i O‘zbekiston hududining 97 foizini, 3G tarmog‘i 72,6 foizini qamrab oldi. 4G esa yirik shaharlarda 34,7 foizgacha, mamlakat bo‘ylab esa o‘rtacha 9,4 foizni tashkil qiladi.

Keyingi yilning o‘rtalariga borib, xizmatlarimizdan foydalanuvchilar soni keskin oshishiga ishonamiz. Umid qilamizki, kompaniyaning targ‘ibotlarisiz ham ular o‘z xohishi bilan bizning abonentga aylanadi. Buning uchun amaliy ishlarni allaqachon boshlab yuborganmiz.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘tgan yili sim-kartalarni sotish bo‘yicha korrupsiya holatini o‘rgangan edi. Aniqlanishicha, tizimda korrupsiya holati yuz bergan va juda katta summani yo‘qotganmiz. Biz shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida sim-kartalarni auksion birja orqali sotishni yo‘lga qo‘ydik. Buning natijasida kompaniya daromadi oshdi. Abonentlar auksion birjadan istagan raqamini sotib olishi uchun shaffof tizim yaratildi.

Yaqinda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib, ular bilan shartnoma imzoladik. Shu yil oxirigacha mamlakatimizdagi butun aloqa tizimini modernizatsiya qilamiz. Barcha hududlarda 4G o‘rnatiladi.
Abonentlarimiz e’tiroziga ko‘ra, bir viloyatdan boshqasiga o‘tayotganda aloqa tizimida uzilishlar bo‘ladi. Katta magistral yo‘llarning ayrim nuqtalarida aloqa umuman yo‘q. Biz bu kamchilikni ham bartaraf etish ustida ishlayapmiz.

Xorijlik mehmonlarga oson va qulay bo‘lishi uchun

Bugungi kunda davlatimizda turizmga e’tibor kuchaydi. O‘zbekistonda turistlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratildi. Biz ham ularga sifatli aloqa tizimini taklif qilishni boshladik. Yurtimiz mehmonlari Ucell sim-kartalarini olishi soddalashtirildi. Yaqin kunlarda “O‘zbekiston havo yo‘llar” MAK bilan shartnoma imzolash arafasidamiz.

Mamlakatimizga kelayotgan sayyoh qaysi davlatda bo‘lsa ham “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning biletini xarid qilganida ulardan sim kartaga ehtiyoji bor yoki yo‘qligi haqida so‘raladi. Ular sim-karta olishni istasa, biletni qaerdan xarid qilsa, o‘sha yerning o‘zidan Ucell sim-kartasi beriladi.

Yana bir yangilik – qo‘shni Qozog‘iston Respublikasida simkamatlar ishlab chiqarishga buyurtma berdik. Bu apparat yordamida xorijlik mehmonlar pasportini taqdim etgan holda sim-karta olish imkoniga ega. Shu asosda ularga 90 kunlik sim-karta taqdim etamiz. Bu muddatdan so‘ng ular o‘sha raqamdan yana foydalanish istagini bildirsa, shartnoma tuziladi.

Tez orada bir necha soniya kifoya bo‘ladi...

Dunyoda 5G texnologiyasini tatbiq etayotgan davlatlar soni oshib bormoqda. Endilikda O‘zbekiston ham ular safidan joy oladi. An’anaviy tarzda yurtimizda so‘nggi texnologiyalarni birinchilardan bo‘lib amalda qo‘llashga kirishdik. Bu texnologiya o‘zining yuqori tezlikda ma’lumot uzatish imkoniyatlari bilan chindan ham innovatsion hisoblanadi.

5G texnologiyasini joriy etishni tezlashtirish muhimligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joriy yilning aprel oyida Pekinda Huawei kompaniyasining Tadqiqotlar va innovatsiyalar markaziga tashrifi davomida aytib o‘tgan edi.

Shundan kelib chiqib, kompaniyamiz mobil aloqaning beshinchi avlodi – 5Gni sinash jarayonini boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi operatorlar, provayderlar hamda O‘zbekistonga telekommunikatsiya qurilmalarni olib keluvchi mutaxassislardan bu borada o‘z taklif va mulohazalarini bildirishini so‘radik.

Radioto‘lqinlar bo‘yicha Respublika kengashining qaroriga muvofiq, Ucell ga mamlakat hududida 5G texnologiyasi bo‘yicha mobil uyali aloqa tarmog‘ini tashkil etish uchun 3600-3700 MGs radioto‘lqinlar kanali ajratildi.

5G tijoriy tarmog‘ini rivojlantirish uchun Huawei kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan eng yangi qurilmalar xarid qilinib, mamlakatga kiritildi.

Dastlab mutaxassislar kompaniyaning Toshkentdagi bosh ofisi – Ucell Plazada birinchi 5G sinovini o‘tkazdi.

Real shartlarda qayd etilgan maksimal tezlik 1 Gbit/s.ga yaqin bo‘ldi. SpeedTest servisi yordamida amalga oshirilgan o‘lchovlar 1 376 Mbit/s.gacha yuklash tezligini ko‘rsatdi.

Bugun poytaxtimizning “O‘zko‘rgazmasavdo” majmuasida start berilgan “ICTWEEK Uzbekistan” AKT haftaligi doirasida har yili o‘tkaziladigan ICTEXPO axborot va kommunikatsiya texnologiyalar ko‘rgazmasi doirasida Ucell ishtirokchilar hamda mehmonlar uchun yoqimli syurprizni taqdim etdi. Gap nafaqat mumkin bo‘lgan yangi imkoniyatlar taqdimoti, balki kompaniya stendida 5G texnologiyasining afzalliklarini sinash imkoniyati haqida ketmoqda.

Bugun boshlangan ICTEXPO axborot va kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasi doirasida Ucell kompaniyasining ko‘rgazma stendida 5G beshinchi avlod istiqboli porloq, tezkor, keng polosali va simsiz ulanish texnologiyasining mobil uyali radio aloqa tarmog‘ini ishga tushirish uchun ramziy tugmasi bosildi.

Birinchi 5G tarmog‘ining tijoriy qamrovi “Tashkent City” xalqaro biznes markazida Ucell kompaniyasining mutaxassislari tomonidan joriy etildi. Mobil tarmoqning beshinchi avlodi kundan kunga yanada ko‘proq hududni qamrab boraveradi. Tez orada HD-sifatida bir soatlik filmni yuklab olish uchun sizga bir necha soniya kifoya bo‘ladi.

Ikkinchi bosqichda sinovdan o‘tkazish tartibida foydalanganlik natijasini inobatga olgan holda O‘zbekistonning viloyatlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Metroda ham Ucell orqali muloqot qilish imkoniyati yaratiladi

Bugun kompaniyamiz aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Metrotelekom bilan hamkorlikda Ucell uyali aloqa tarmog‘i sinov tariqasida “Chilonzor” tarmog‘ining “Mustaqillik maydoni” va “Amir Temur xiyoboni” metro bekatlarida abonentlar 3G va 4G texnologiyalarida mobil aloqaning mavjudligi borasidagi yechimidan foydalanish boshlandi. Endilikda Ucell abonentlari bu ikki metro bekati ichida muloqot qilishi, internetdan foydalanishi mumkin.

Ayni paytda poytaxtdagi barcha metro bekatlarida internetga bepul Wi-Fi texnologiyasi orqali ulanish bo‘yicha ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

O‘zA