Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

FAOL SIYOSIY MULOQOTLARNING IZCHIL DAVOMI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
FAOL SIYOSIY MULOQOTLARNING IZCHIL DAVOMI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 14 aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Oliy martabali mehmon 15 aprel kuni Ko‘ksaroyda rasmiy kutib olindi.

Ushbu marosimdan so‘ng davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv o‘tkazdi.

Prezidentimiz Qozog‘iston rahbarini O‘zbekistonga tashrifi bilan qutlab, bu keyingi yillarda ancha faollashgan siyosiy muloqotlarning izchil davomi ekanini ta’kidladi.

– Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti sifatida ilk davlat tashrifingizni O‘zbekistonga amalga oshirganingizni yuqori baholaymiz. Buni mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga qat’iy intilish ifodasi deb bilamiz. Qozog‘iston biz uchun yaqin qo‘shni, strategik sherik. Hamkorligimizning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ijobiy dinamikaga erishilayotganidan mamnunmiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qozog‘iston Prezidenti O‘zbekistonga taklif uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, muzokaralar samarali o‘tishiga ishonishini qayd etdi.

– Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik sifati va amaliy mazmuni haqidagi gaplaringizga to‘la qo‘shilaman. Siz, hurmatli Shavkat Miromonovich, va Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev davlatlararo munosabatlarni yuqori bosqichga olib chiqdingiz. Bu sur’atni saqlab qolishni o‘zimning asosiy vazifam deb bilaman. Qozog‘istonda qardosh O‘zbekiston bilan aloqalarga talab juda katta, – dedi Qasim-Jomart Toqayev.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo, transport, sanoat kooperatsiyasi, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston BMT, ShHT, MDH, Islom hamkorlik tashkiloti, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi kabi xalqaro tuzilmalar doirasida samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Qozog‘iston mamlakatimiz tashabbusi bilan BMT shafeligida tashkil etilgan Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosidagi Trast fondi faoliyatini qo‘llab-quvvatladi.

Mintaqada tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishga ko‘maklashish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Muloqotda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha tomonlarning pozitsiyalari mos yoki yaqin ekani yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.

WWW.PRESIDENT.UZ