“FEMOZA”DA O’ZBEKISTON SAVDO-IQTISODIY VA SARMOYAVIY SALOHIYATI TAQDIMOTI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Jahon erkin va maxsus iqtisodiy hududlar federatsiyasi (World Federation of Free and Special Economic Zones - FEMOZA)ning Jenevadagi shtab-kvartirasida O’zbekiston savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati taqdimoti bo’lib o’tdi.
Tadbirda mamlakatimiz zamonaviy iqtisodiy taraqqiyoti, sanoat korxonalarini texnik va texnologik jihatidan qayta jihozlash hamda sarmoyaviy muhitni yanada mukammallashtirish borasida hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, ijtimoiy soha va infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, “Navoiy” EIIH, “Jizzah” va “Angren” MIHlarida yaratilgan imkoniyatlar, xorijiy sarmoyadorlar uchun tashkil qilingan imtiyoz va afzalliklar tadbir qatnashchilari e’tiboriga havola etildi. Mazkur hududlarning asosiy vazifasi import o’rnini bosuvchi va eksportga yo’naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hamda yuqori texnologiyalarni jalb qilishni yo’lga qo’yishdan iborat ekanligi ta’kidlab o’tildi.
FEMOZA prezidenti Xuan Torrents mamlakatimizdagi barcha sohalarda yuz berayotgan o’sish sur’atlarini ijobiy baholadi. U ko’plab xorijiy kompaniyalar O’zbekistonning jadal rivojlanib borayotgan bozoriga qiziqish bildirayotgani barobarida qo’shma loyihalarni amalga oshirish istagida ekanligini aytib o’tdi. Shuningdek, X.Torrents mamlakatimiz va boshqa davlatlar maxsus iqtisodiy hududlari o’rtasida aloqalar o’rnatishga bajonudil ko’mak berishini bildirdi.
Tadbir yakunida “Navoiy” EIIH haqida ma’lumotlarni FEMOZA veb-sahifasiga joylashtirish hamda hududni uning interaktiv xaritasiga kiritish bo’yicha kelishuv muhokama qilindi. Endi hudud haqida kerakli ma’lumotlar federatsiyaning quyidagi veb-manziliga joylashtiriladi: http://www.femoza.org/country-file/?country=Uzbekistan.
“Jahon” AA, Jeneva