Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

FIDOKORONA MEHNAT SAMARASI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
FIDOKORONA MEHNAT SAMARASI

Poytaxtimizda temiryo’lchilar kasb bayramiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi. Unda “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati, mehnat faxriylari, soha ilg’orlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

“O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, O’zbekiston Qahramoni O.Ramatov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik yillarida temir yo’l tizimini tubdan takomillashtirish, harakatlanuvchi tarkibni modernizatsiyalash, sohaga innovatsion loyihalarni joriy etish, tarmoqning turizm salohiyatini oshirish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

O’tgan yillar mobaynida mamlakatimiz temir yo’l transportida yuk va yo’lovchi tashish hajmi 2 barobar ortdi. Bugungi kunda yurtimizda yuklarning 60, yo’lovchilarning 75 foizdan ortig’i temir yo’llar orqali tashilmoqda. Birgina joriy yilda 40 million tonnadan ziyod yuk, 11 million yo’lovchi tashildi.

Istiqlol yillarida barpo etilgan Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog’-Nukus temir yo’li mamlakatimiz shimolini markaz bilan, Amudaryo orqali o’tgan ko’prik Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatini boshqa hududlar bilan bog’ladi. Qisqa fursatda qurib bitkazilgan Toshguzar-Boysun-Qumqo’rg’on temir yo’l liniyasi janubiy hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Ayni vaqtda Vatanimizning yagona temir yo’l tizimini yaratishning navbatdagi bosqichi sifatida yana bir yirik inshoot - Angren-Pop yangi elektrlashtirilgan temir yo’l qurilishi jadal davom ettirilmoqda.

Mazkur temir yo’l liniyasi qurilishini amalga oshirish maqsadida joriy yilning o’tgan davrida 186,7 million dollar o’zlashtirildi. Bugungi kungacha 285 cuv va 6 yo’l o’tkazgich, 13 temir yo’l ko’prigi, “Orzu” vokzali, “Ko’l”, “Temiryo’lobod”, “Qo’shminor” stansiyalari qurib bitkazildi. Bunyodkorlik ishlarida 4 ming 250 dan ortiq mutaxassis, 720 dan ortiq texnika vositalari kuchidan unumli foydalanilayotir.

Xitoylik hamkorlar tomonidan 19,1 kilometrlik tunnelni qurish ishlari jadal davom ettirilmoqda. Asosiy tunnelda shu kungacha qariyb 13 kilometr, qo’shimcha tunnelda 14 kilometr qazish ishlari bajarildi. Tunnelning 8 ming 600 metrlik qismida pardozlash ishlari amalga oshirildi.

Ushbu temir yo’l tarmog’ining ishga tushirilishi Farg’ona vodiysini O’zbekistonning markaziy qismi bilan bog’lash imkonini yaratadi. Shu bilan birga, mamlakatimiz hududi bo’ylab yagona temir yo’l tizimini shakllantirish ishlari yakuniga yetkazilib, Xitoy - Markaziy Osiyo - Yevropa yangi xalqaro tranzit temir yo’l koridorining muhim bo’g’ini bo’lib xizmat qiladi.

“O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mamlakatimiz transport salohiyatini yanada rivojlantirishga doir izchil chora-tadbirlar davom ettirilmoqda. Prezidentimizning 2010 yil 15 dekabrdagi “2011 - 2015 yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mazkur qarorga muvofiq tarmoqda elektr poyezdlar harakatlanishini yanada rivojlantirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So’nggi yillarda Toshkent-Samarqand va Toshkent-Xo’jakent elektrlashtirilgan temir yo’liga To’qimachi-Angren yo’nalishi qo’shildi. Maroqand-Qarshi temir yo’l uchastkasida elektrlashtirish ishlari davom etmoqda. Umumiy uzunligi 291 kilometrni tashkil etuvchi Samarqand-Buxoro temir yo’l uchastkasini elektrlashtirish ishlari ham boshlab yuborilgan. Lokomotiv parkini yangilash borasidagi ishlar samarasida o’tgan yillarda zamonaviy va yuqori samarali elektrovozlar sotib olindi.

Temir yo’l tarmog’ining kelajagi avvalo sohaga zamonaviy bilimga ega, ilg’or texnologiyalarni puxta o’zlashtirgan, o’z kasbiga sodiq, Vatanimizga farzandlik mehri bilan yashaydigan yosh mutaxassislarni keng jalb etish bilan bog’liq. Yurtimizdagi oltita kasb-hunar kolleji va Toshkent temir yo’l transporti muhandislari institutini har yili uch mingdan ziyod yosh mutaxassis aniq kasb yo’nalishi bo’yicha bitirib chiqayotgani mamlakatimiz temir yo’l transporti taraqqiyoti uchun poydevor bo’lib xizmat qilmoqda.

Anjumanda temiryo’lchilarning fidokorona mehnati davlatimiz tomonidan munosib rag’batlantirib kelinayotgani ta’kidlandi. Taniqli san’atkorlar va yoshlar ijrosidagi konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat bag’ishladi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari B.Zokirov so’zga chiqdi.

WWW.UZA.UZ