Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

FIDOYING BO‘LGAYMIZ SENI, O‘ZBEKISTON!

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
FIDOYING BO‘LGAYMIZ SENI, O‘ZBEKISTON!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan 13-17-avgust kunlari Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining barcha tuman va shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yilligi munosabati bilan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostidagi “Yoshlar poyezdi” targ‘ibоt aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Aksiyani tashkil etishdan maqsad – O‘zbekiston yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalarini targ‘ib etish, yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar, demokratik o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishtirish, ularda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish va ijtimoiy faolligini oshirish, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlarni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish, yoshlar o‘rtasida boqimandalik kayfiyatini yo‘qotish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oila farzandlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashishdan iborat.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq o‘tkazilayotgan aksiyada yosh olim va mutaxassislar, shoir va yozuvchilar, kino va teatr aktyorlari, estrada xonandalari, tadbirkorlar, sportchilar, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari, Yoshlar ittifoqi faollari va “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlaridan iborat targ‘ibоt guruhlari barcha hududlarga chiqib, targ‘ibоt tadbirlarida qatnashmoqda.

Tadbirlarda mamlakatimizda qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati, yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish va yoshlar o‘rtasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, bandlik muammosini hal etishga oid amaliy va konsultativ ko‘mak berish mavzularida ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan targ‘ibоt guruhi a’zolari ishtirokida olis qishloqlardagi ta’lim muassasalari, mahallalar, harbiy qismlar va kasalxonalarga kitoblar sovg‘a qilinmoqda.

Mahallalardagi imkoniyati cheklangan, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga sovg‘alar topshirilmoqda, ular tajribali shifokorlar jalb qilingan holda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri, “O‘zbekkino” milliy agentligi aktyorlari tomonidan spektakllar namoyish etilmoqda. Taniqli san’atkorlar va yosh ijrochilar ishtirokida konsertlar uyushtirilmoqda.

O’zA