Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

FUQAROLARNING PENSIYA TAʼMINOTI TIZIMI SAMARADORLIGINI OSHIRISH VA PENSIONERLARNI IJTIMOIY QOʻLLAB-QUVVATLASHNI KUCHAYTIRISHGA OID QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
FUQAROLARNING PENSIYA TAʼMINOTI TIZIMI SAMARADORLIGINI OSHIRISH VA PENSIONERLARNI IJTIMOIY QOʻLLAB-QUVVATLASHNI KUCHAYTIRISHGA OID QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Pensionerlarni ijtimoiy jihatdan yanada qoʻllab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda ularning salohiyati, tajribasi va bilimini toʻlaqonli jalb qilish, pensiya taʼminoti tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, mazkur yoʻnalishda xalqaro tamoyil va standartlarni joriy etish maqsadida:

1. Belgilab qoʻyilsinki, 2019 yil 1 yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar toʻliq miqdorda toʻlanadi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 1 yanvardan pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan oʻn barobarigacha oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi 2019 yil 1 yanvardan pensiyani hisoblashda qabul qilinadigan ish haqining maksimal miqdori oshirilishini hisobga olgan holda pensiyalar miqdori qaytadan hisoblab chiqilishini taʼminlasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – moliya vaziri J.A.Qoʻchqorovga pensiyalar barcha ishlovchi pensionerlarga oʻz vaqtida toʻliq miqdorda toʻlanishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

5.Mazkur Farmonni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga

1-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki oy muddatda “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni va boshqa qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosarlari B.M.Mavlonov, G.K.Saidovalarga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoyev

Toshkent shahri,
2018 yil 12 dekabr
PF-5597

www.uza.uz