Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Gʻalla hosildorligini yanada oshirish boʻyicha dolzarb chora-tadbirlar belgilab berildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Gʻalla hosildorligini yanada oshirish boʻyicha dolzarb chora-tadbirlar belgilab berildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 fevral kuni mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim boʻlgan gʻalla parvarishini tizimli tashkil etish va hosilga-hosil qoʻshish boʻyicha amalga oshiriladigan dolzarb vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlumki, 2018 yilda ob-havo oʻta issiq va quruq kelganiga, janubiy viloyatlarda suv tanqis boʻlganiga qaramay fermerlarimizning fidokorona mehnatlari tufayli har gektardan oʻrtacha 45 sentnerdan hosil olinib, jami 5 million 200 ming tonnadan ortiq gʻalla yetishtirildi.

Bu yil esa yogʻingarchilik miqdori oʻtgan yilga nisbatan ikki marta, avvalgi yillarga qiyosan 1,3 barobar yuqori boʻlmoqda. Tollimarjon suv omborida 1 milliard kub metr, Chimqoʻrgʻon, Pachkamar va boshqa suv omborlarida oʻtgan yilga nisbatan 2-3 barobar koʻp suv yigʻildi, Sardoba suv ombori ishga tushirildi. Bu mamlakatimizda gʻalladan oʻtgan yilga nisbatan ancha koʻp hosil olish mumkinligini anglatadi.

Fermerlarni ragʻbatlantirish uchun 2019 yilda bugʻdoyning har bir tonnasi uchun 1 million 200 ming soʻm yoki oʻtgan yilga nisbatan 1,6 barobar yuqori xarid narxi belgilandi.

Katta hosil olgan fermerlarni davlat xarid narxiga 25 foizgacha, yaʼni har bir tonna don uchun 300 ming soʻmgacha ustama qoʻllashni nazarda tutadigan ragʻbatlantirish tizimi tashkil qilindi. Bu esa moʻl hosil yetishtirishga katta zamin yaratadi.

Yana bir muhim jihat – azotli, fosforli va kaliyli oʻgʻitlar oʻz vaqtida joylarga yetkazib berildi. Bir soʻz bilan aytganda, bu yilgi sharoitdan foydalanib, hosildorlikni va don yetishtirish hajmini oʻtgan yilga nisbatan kamida 30 foizga oshirish uchun barcha sharoit yaratildi.

Lekin, shuncha imkoniyatlarga qaramay, oʻrganishlar natijalari ayrim viloyatlarda gʻalla rivoji qoniqarsiz ekanini koʻrsatmoqda. Masalan, Qashqadaryo viloyatining Mirishkor, Qarshi, Gʻuzor, Chiroqchi va Koson tumanlari, Samarqand viloyatining Bulungʻur, Jomboy, Pastdargʻom tumanlari, Jizzax viloyatining Doʻstlik, Sharof Rashidov, Zafarobod tumanlari, Sirdaryo viloyatining Xovos, Oqoltin va Guliston tumanlarida gʻalla oʻsishdan ortda qolmoqda. Toshkent viloyatida ham gʻalla ekish ishlari kechiktirib yuborilgan.

Yigʻilishda yoʻl qoʻyilgan bu kabi holatlar har bir hudud misolida tanqidiy tahlil qilinib, kamchiliklarni bartaraf etish, hosildorlikni oshirib, qoʻshimcha don ishlab chiqarishni taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish lozimligi qayd etildi.
Bu yil gʻallachilik uchun oʻta qulay kelayotgani taʼkidlanib, hosildorlikni oshirish, xalqimizning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha bir qator topshiriqlar berildi.

Gʻallachilikda ilmiy yondashuvlar asosida klasterlar tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.

Gʻalla parvarishi boʻyicha tashkil etilgan respublika ishchi guruhlari joylarga borib, viloyatlar va tumanlar 4 ta sektor rahbarlari bilan birga gʻalla hosildorligini kamida 30 foizga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, ijrosini tashkil qilishi kerakligi qayd etildi.

“Oʻzagrokimyohimoya” jamiyati viloyatlar va tumanlar hokimlariga gʻallani gektariga 200 kilogrammdan azotli oʻgʻitlar bilan ikkinchi oziqlantirishni joriy yil 10 martgacha toʻliq yakunlash vazifasi topshirildi.

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga gʻallani uchinchi oziqlantirish uchun talab etiladigan azotli mineral oʻgʻitlarni joriy yil 1 martga qadar toʻliq joylarga yetkazib berish va yetarli zaxirasini yaratish, Suv xoʻjaligi vazirligiga suv sarfini kamaytirish va oqilona foydalanish yuklatildi.

Yigʻilishda viloyatlar va tumanlardagi 4 ta sektor rahbarlari har bir fermer xoʻjaligi kesimida agrotexnik tadbirlarni belgilab, hosildorlikni oshirish va qoʻshimcha don yetishtirishni taʼminlash uchun shaxsan javob berishi taʼkidlandi.

www.uza.uz