G‘oliblar mamlakat bosqichida qatnashadi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkent viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashida bolalar qo‘shiqlari, she’rlari va kuylarini yaratish bo‘yicha respublika ijodiy tanlovining hududiy bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi, xalq ta’limi, madaniyat va sport ishlari viloyat boshqarmalari, yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda bastakorlar, shoirlar, bolalar ijodiy jamoalari, bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Prezidentimiz rahnamoligida milliy musiqa san’atimizni yanada ravnaq toptirish, shu sohada o‘qib-izlanayotgan yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iqtidorini yuzaga chiqarishi uchun qulay sharoit va imkoniyatlar yaratishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish va yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilmoqda.
– Ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur tanlov o‘g‘il-qizlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’nan barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Toshkent viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Go‘zal To‘xtayeva. – Tanlovga kelib tushgan to‘rt yuzdan ortiq she’r, uch yuzga yaqin qo‘shiq va boshqa ijodiy ishlardan g‘oyaviy va badiiy jihatdan eng yaxshilari saralab olindi.
Ijodiy tanlov yakuniga ko‘ra, Ra’no Ahmedova “Qo‘shiq uchun yaratilgan eng yaxshi she’r” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Bo‘stonliq tumanidagi 17-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘zbek xalq cholg‘ulari fani o‘qituvchisi G‘ofur Qo‘chqorov hamda viloyat akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyasi rahbari Rustam Muhammadiyev “Eng yaxshi qo‘shiq ijrochiligi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bekobodlik Bozorboy Saydinov “Eng yaxshi bolalar oromgohi madhiyasi”, Chirchiq akademik litseyi o‘quvchisi Dilnavoz Najimova “Eng yaxshi hisob she’ri va mashq qo‘shig‘i” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib, deb topildi.
G‘oliblar ijodiy tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.