Gay Rayder: Xalqaro mehnat tashkiloti Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlaydi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bosh direktori Gay Rayder Oʻzbekiston bilan hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari haqida OʻzA muxbiriga quyidagilarni soʻzlab berdi:
Tashrifim doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashish sharafiga muyassar boʻldim. Muzokara doʻstona va konstruktiv ruhda kechdi. Unda hamkorligimiz davomida erishilgan yutuqlar va istiqbolli rejalar yuzasidan fikr almashdik.
Mamlakatingiz bilan majburiy mehnatga chek qoʻyish boʻyicha faol hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Oʻzaro anglashuv va ishonch asosida olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida ushbu masalalar boʻyicha yutuqlarga erishyapmiz. Qayd etishni istardimki, bugun XMT yurtingizda mehnat munosabatlarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni qoʻllab-quvvatlaydi.
Hozirgi kunga kelib Oʻzbekistonning koʻplab sohalarda erishayotgan yutuqlari xalqaro tashkilotlar, xususan, BMT va keng xalqaro jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilmoqda.
Safar doirasida “Barqaror taraqqiyot maqsadlari doirasida munosib bandlikni taʼminlash: xalqaro amaliyot va Oʻzbekiston tajribasi” mavzusida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdim. XMT tashkil etilganining 100 yilligi arafasida oʻtkazilgan ushbu nufuzli anjuman kelgusidagi faoliyatimiz yoʻnalishlarini va maqsadlarini belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etadi.