«GLOBALLASHUV SHAROITIDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AXBOROTLASHGAN JAMIYATNI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI»
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkent axborot texnologiyalar universitetida “Globallashuv sharoitida O’zbekiston Respublikasida axborotlashgan jamiyatni shakllantirish muammolari” mavzusida ilmiy-uslubiy seminar bo’lib o’tdi, deya xabar beradi universitet matbuot xizmati.
Seminarda “AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” fakulteti professor- o’qituvchilari va magistrantlari hamda “O’zbektelekom” AK, “Alskom” SK, AKB “Aloqabank” vakillari va boshqa mutaxassislar qatnashdi.
Seminar ishida jahon talabining tezkor kengayishining muhim tendensiyalari, shu asnoda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mahsulotlari xalqaro savdosi muhokama qilindi.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo’nalishlardan biri bu axborot-kommunikatsiya texnogiyalari sektorini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash davlat siyosatini ishlab chiqishdir. Shuning uchun axborot-kommunikatsiya texnogiyalari sektorining raqobatbardoshligini oshirish muammolarini tadqiq qilish ayniqsa dolzarb hisoblanadi.
Eslatib o’tamiz, mazkur ilmiy-uslubiy seminar Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 60-yilligiga bag’ishlangan.
“Jahon” AA