Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

GO‘ZAL VA BETAKROR VATANGA EHTIROM

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
GO‘ZAL VA BETAKROR VATANGA EHTIROM

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida mustaqilligimizning 25-yilligiga bag‘ishlab «Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Toshkent shahar hokimligi tomonidan xotin-qizlar qo‘mitasi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar bo‘limi, Ma’naviyat targ‘ibоt markazining Toshkent shahar bo‘limi va bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirga Mirobod va Uchtepa tumanlaridagi mahallalar, xotin-qizlar qo‘mitalarining faollari, nuroniy otaxon va onaxonlar, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, pedagoglar, yoshlar taklif etildi.

Prezidentimiz rahnamoligida butun dunyoda “o‘zbek modeli” deya tan olingan taraqqiyot strategiyasi asosida amalga oshirilayotgan islohotlar xalqimiz hayotini butunlay o‘zgartirgani ta’kidlandi. Bu barcha sohalarda ulkan yutuq va marralarga erishilayotgani, aholi hayot darajasi va sifati, turmush farovonligi ortib borayotganida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan asos solingan o‘ziga xos ta’lim-tarbiya tizimi har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazmoqda.

– Istiqlol jonajon O‘zbekistonimiz shon-shuhratini butun jahonga yoydi, – deydi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Akmal Jumaboyev. – Bugun har bir yurtdoshimiz o‘z taqdirini, farzandlarining ertangi kuni, istiqbolini Vatan kelajagi bilan o‘zaro uyg‘un holda tasavvur etmoqda. Yaratilayotgan imkoniyatlarga munosib bo‘lish, tinch va osoyishta, baxtiyor kunlarimizning, istiqlolimizning, uning saodatli ne’matlarining qadriga yetish bizning chin farzandlik burchimizdir.

So‘lim bog‘da poytaxtimiz tumanlaridagi bunyodkorlik va yaratuvchilik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, xotin-qizlar va keksalarni e’zozlash borasidagi ezgu ishlarni aks ettirgan ko‘rgazma tashkil etildi.

Vatanni, istiqlolni, uning aziz ne’matlarini, bugungi dorilomon kunlarimizni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar kechaga yanada fayz bag‘ishladi.

O‘zA