HAMKORLIK ISTIQBOLLARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Xitoy davlat taraqqiyot banki o‘rtasida moliyaviy hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari A.Ahmadxo‘jayev, Xitoy davlat taraqqiyot banki departament direktori Si Lyanbin va boshqalar O‘zbekistonda Prezident Islom Karimov rahnamoligida moliya-bank tizimini isloh etishga qaratilayotgan izchil chora-tadbirlar xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish va ularning mablag‘larini mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.
O‘zbekiston bank tizimi faoliyati barqaror bo‘lib, qat’iy belgilangan xalqaro standartlarga javob beradi. Davlatimiz rahbarining 2010-yil 26-noyabrdagi «2011-2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi qarori moliya-bank tizimi barqarorligini oshirish, investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishda dasturilamal bo‘layotir.
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ham chet el sarmoyadorlarining mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlarda qatnashishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning investitsiyalarini va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish orqali xorijiy banklar va xalqaro moliya muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Shunday hamkorlik doirasida Xitoy davlat taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki, Shanxay hamkorlik tashkiloti Banklararo birlashmasi va boshqa qator xalqaro moliya muassasalari bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatilgan.
– Mamlakatingizda tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirish doirasida O‘zbekiston Milliy banki bilan 2006-yildan hamkorlik qilib kelmoqdamiz, – deydi Xitoy davlat taraqqiyot bankining bo‘lim boshlig‘i Li Yenion. – O‘tgan yillar davomida beshta kredit yo‘nalishida 231,8 million dollarlik 373 loyiha amalga oshirildi. Joriy yilda esa 150 million dollarlik bitim imzolandi.
Tadbirda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida chorvachilik va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi mini-texnologiyalar xarid qilish, asalarichilik, baliqchilik, parrandachilik, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini, tadbirkor ayollar, oilaviy tadbirkorlar hamda kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash kabi yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish borasida hamkorlikdagi amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham ma’lumot berildi.
O‘zA